O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
05 iyu 2020 11:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578970_original.jpg)
![](/upload/storage/578970_220.jpg)
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yurtimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga hozirlikni davom ettirmoqda.
Yoshlarimiz mazkur yig'in doirasidan o'rin olgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida birinchi liga vakili bo'lgan "Neftgazmontaj" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. "TTYMI" stadionida o'tgan uchrashuvda termamiz 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuvda Otabek Jo'raqo'ziev dubl qayd etgan bo'lsa, Ruslan Roziev va Diyorbek Rahimqulov o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Quyida ushbu uchrashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar