So’nggi yangiliklar

10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  0 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  10 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  17 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Gonkong U-21ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Gonkong U-21ni yirik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  O'zbekiston U-19
O'zbekiston U-19 Singapur FA tomonidan tashkil etilgan 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan terma jamoalar ishtirokidagi kichik xalqaro turnir doirasida Gonkong U-21ni yirik hisoda mag'lub etdi.

Singapur, Gonkong, Eron hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoalari ishtirok etgan FAS U-21 International Challenge Cup uchinchi o'rini uchun kechgan bahsda O'zbekiston U-19 raqibi ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Suxrob Nurilloev, Saidjamol Davlatjonov hamda Xojakbar Alijonov o'yinning dastlabki bo'limida bittadan gol kiritib, tanaffusga O'zbekistonning yirik hisobdagi ustunlik bilan chiqib ketishini taminladi.

Ikkinchi bo'lim avvalida Doston Ibragimov O'zbekiston yoshlar terma jamoasining yana bir goliga mualliflik qildi. SHundan so'ng o'yinda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

SHu tariqa Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu xalqaro o'rtoqlik turnirida uchinchi o'rinni egalladi.

Takidlash kerakki, ushbu turnir O'zbekiston U-19 uchun 2016 yilning 13 – 30 oktyabr sanalari davomida Bahraynda bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi vazifasini o'tab berdi.

FAS U-21 International Challenge Cup

O'zbekiston U-19 – Gonkong U-21 4:0

Gollar:
Suxrob Nurulloev (12), Saidjamol Davlatjonov (23), Xojakbar Alijonov (45+1), Doston Ibragimov (53)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика