O'zbekiston vakillari Osiyo chempionatining ikki uchrashuvida ishtirok etishdi
01 may 2014 12:15
Yangiliklar
O'zbekiston vakillari Osiyo chempionatining ikki uchrashuvida ishtirok etishdi
Vetnamning Xo SHi Min shahrida 30 aprel kuni start olgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatining birinchi kun uchrashuvlaridan ikkitasi O'zbekiston vakillari ishtirokida o'tdi.
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionati bahslarini 1 may kuni boshlashi to'g'risida habar bergan edik. Garchand shunday bo'lsa ham, Vetnamda start olgan musobaqaning ilk kunida o'tkazilgan to'rtta o'yindan ikkitasida O'zbekiston vakillari qatnashdi.
“A” guruhida bo'lib o'tgan mezbon Vetnam hamda Iroq terma jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda FIFA referisi SHuhrat Po'latov ikkinchi hakam sifatida o'yinni boshqarib bordi. Eslatib o'tamiz, mazkur bahs Iroq terma jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.
“V” guruhidan joy olgan Avstraliya – Xitoy uchrashuviga O'zbekiston futbol Federaciyasining matbuot bo'limi boshlig'i Sanjar Rizaev komissarlik qildi. Rizaev ishtirok etgan o'yinda ham 2:1 hisobi qayd etildi. Unda avstraliyaliklar 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Takidlash joiz, Sanjar Rizaev 1 may kuni O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Yaponiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga komissarlik qiladi.

Fikrlar