Uoker Milanga yo'l oldi
23 jan 16:12
Yangiliklar
Uoker Milanga yo'l oldi
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker bugun Milanga uchib boradi va "Milan" futbol klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Gap mavsum oxirigacha ijara va 5 million evro evaziga sotib olish huquqini beruvchi shartnoma haqida ketmoqda. Agarda yozda Uoker "Milan"ga to'liq ko'chib o'tadigan bo'lsa, futbolchi va klub 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashadi. Ijara vaqti davomida futbolchining maoshini to'liqligicha "Milan" to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Uoker "Manchester Siti" safida 2017 yil iyul oyidan buyon to'p tepib kelardi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga etadi. Joriy mavsum 34 yoshli o'ng qanot himoyachisi 18 o'yinda maydonga tushib, 3 ta sariq kartochka ishlab oldi. "Transfermarkt" portali angliyalikni 10 million evroga baholamoqda.
Avvalroq, "Milan" himoyachi Fode Ballo-Ture bilan bitimni bekor qilgandi.
Fikrlar