So’nggi yangiliklar

15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:21​Про лига. "Олимпик" – "ФарДУ". Таркиблар маълум  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  0 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  11 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  12 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0 09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  4 09:15Ямал тарихга кирди  16

Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Qurada raqibning ahamiyati yo'q edi, qo'l ostimdagi futbolchilarimga ishonaman"

Biroz oldin Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-17 Osiyo kubogiga qura tashlandi.

Qura natijalariga ko'ra vakillarimiz Saudiya Arabistoni, Tailand, Xitoy bilan bir kvartetdan o'rin oldi. Xo'sh, O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi bu borada qanday fikrda? 


"Guruhda qaysi terma jamoaning bizga raqib bo'lishini ahamiyati yo'q edi. Oldimizga yuqori maqsad qo'yganmiz. Qo'l ostimdagi futbolchilarga ishonaman. Ular istalgan jamoaga qarshi munosib o'ynay olishadi. Maqsadimiz birinchi navbatda Jahon chempionatiga yo'llanma olish. Bu bizga hech qanday bosim yuklamaydi. Har qanday raqib bilan, har qancha bosim ostida o'ynashimiz kerak. Hozir Saudiya Arabistonida yig'in o'tkazmoqdamiz, 3 kundan so'ng o'yinimiz bor. Tayyorgarlikni o'zgartirishni o'ylaganimiz yo'q. O'zimizning tanlagan yo'limiz bor va bundan qaytmaymiz. 

Tayyorgarlik reja asosida ketmoqda. Albatta, bu erdagi yig'inimiz Osiyo kubogi oldidan jamoaga moslashishga yordam beradi deb o'ylayman. Rejaga o'zgartirish kiritmaymiz. Bu paytgacha Xitoy bilan o'ynaganmiz. Tailand bilan to'qnash kelmaganmiz. Bugundan raqiblarning oxirgi o'yinlarini o'rganishni boshlaymiz. Oldimizda ikki yarim oy vaqt bor. Ishonamanki, Osiyo kubogidan yorug' yuz bilan qaytamiz",- deydi Islom Ismoilov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика