So’nggi yangiliklar

07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  2 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  5 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  3 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  2 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  12 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  50 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2 21:19ЛаЛига. "Барселона" мавсумдаги тўртинчи Класикода ҳам ғалаба қозонди  531 21:07ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жасур Жалолиддинов эса...  3

Bizga "Yulduzlar fabrikasi" yarashadi Yangiliklar

Bizga "Yulduzlar fabrikasi" yarashadi

Iqtidorli himoyachi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga transfer qilinishi olamshumul voqea bo'ldi.

O'zbek o'g'loni Franciyaning o'rtamiyona jamoasidan Angliyaning katta klubiga shunchaki erkin agent yoki ijara asosida o'tgani yo'q, balki katta miqdordagi pul evaziga transfer qilindi. Yaqin yillarda o'zbek futbolchisini Evropaning qaysidir klubi sotib olishini tasavvur qila olmasdik. Balki Eldor SHomurodov o'z paytida shunga yaqin kelgandir, ammo Abduqodir Husanovning transferi chinakam "bomba" bo'ldi. Bu haqda hamma gapirdi va yozdi. Hatto mashhur insayder Fabricio Romanoni ham ushbu o'tish berfarq qoldirmadi, u bir nechta post joyladi.

Bugungi maqolamizda Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga yo'l olishi orqali bir masalaga to'xtalmoqchimiz. Etibor bering, Husanov Superliga tugul, hatto U-21, U-19 chempionatlarida porlamay, faqat chetda o'zini ko'rsatib shu darajaga erishdi. Uni o'z paytida "Bunyodkor" o'rinbosarlari safiga olishmagani haqida gapirishyapti. Balki o'sha payt murabbiylarga to'g'ri kelmagandir. Va bu o'rinda Husanovning eng katta yutug'i imkon borida chetga chiqib ketgani. Agar u o'zimizda qolganida hozirgi darajaga chiqmasdi. Ehtimol Superliganing o'rtamiyona futbolchisi bo'lib yurarmidi.



Abduqodirning Belarus futboliga yo'l olishi faoliyatida keskin burilish yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Ko'rinib turibdiki, u erda yoshlarga etibor boshqa. Yoshlarni qadrlashadi. Yoshlarga motivaciya bera oladigan, ularni to'g'ri yo'lga yo'naltira biladigan murabbiylar "Energetik-BGU"da bor ekan. Hozirgi yoshlar boshqacha, urishib so'ksangiz battar eziladi. Ularga motivaciya kerak. SHundagina tog'ni talqon qiladigan yigitlar etishib chiqadi.

Abduqodir Husanovning transferi O'zbekistondagi barcha klublarga o'rnak bo'lishi, yosh futbolchilarga motivaciya berishi kerak. Biz bu orqali hamma yoshlar yoppasiga Evropaga yo'l olsin, ularning baxti o'sha erda ochiladi demoqchi emasmiz. Ularni o'zimizda ham etuk qilib tarbiyalasa bo'ladi. Qolaversa, Husanov "Siti"ga o'tganidan keyin Evropaning o'zbek futboliga etibori ortadi, endi ular biz tomon bo'y cho'za boshlaydi. Boshqa iqtidorlar ham bormikin deb skautlar ishga kirishadi. Biz esa ularni kutib olishga, kerak bo'lsa o'z mahsulotimizni ko'rsatishga tayyor turishimiz lozim.

Bu qanday bo'ladi? Klublar hadeb asosiy tarkibga urg'uni beravermasdan bundoq o'zining yoshlariga ham ko'z qirini tashlab qo'yadi. Bugungi yoshlar - kelajak. O'z paytida "Ayaks"ni "Yulduzlar fabrikasi" deyishardi, chunki klub juda ko'plab futbolchilarni etkazib berar, "Ayaks" tarbiyalanuvchilari Evropa bo'ylab sochilib ketardi. Biz butun o'zbek futboli "Ayaks" bo'lishini xohlaymiz.




Ishoning, milliardlab pul sarflab chempion bo'lish hech nima bermaydi. To'g'ri, sport bu - kurash, chempionat o'tkazishdan maqsad g'olibni aniqlash, bunga qarshiligimiz yo'q. Lekin chempion bo'lish uchun 100 milliardlab pul ketkazish noto'g'ri deb o'ylaymiz. O'zbekiston chempionati 100 milliarddan voz kechib chempiona bo'lsa arziydigan darajaga hali chiqqani yo'q. CHunki bu erda sarf bor-u, foyda yo'q. Mayli, 100 milliard ketkizyapti ham deylik, lekin yakunda qaysi futbolchi chetga chiqyapti? Kim hech bo'lmaganda 10 milliardga sotilyapti? Hech kim.

Pulni to'g'ri taqsimlash, puldan to'g'ri foydalanish davr talabi bo'lib qoldi. Oddiy odamlar pul topish uchun qanchalik mashaqqat chekayotganini unutmaylik. Futbol esa oddiy hayotdan ajralib chiqqan soha emas. Futbol ham shu hayotning, jamiyatning bir bo'lagi. Homiy menga falon pul ajratdi, endi boplab ishlataman deyish futbolga ziyon keltirish bilan barobar bo'ladi.

Biz qaysi yo'lni tanlaymiz? Osiyoda etakchi bo'la olmasligimiz aniq. Saudiya va Qatar bizdan ancha o'zib ketdi. Qatar o'z chempionatini "Yulduzlar Ligasi" deb ataydi. CHunki ularda yulduzlarni olib kelish uchun pul bor. SHuning uchun biz "Yulduzlar fabrikasi" bo'la qolaylik. Bizda har sohada istedodli yoshlar ko'p. O'zbekiston turli yo'nalish bo'yicha iqtidorlarga boy mamlakat. Mehnat qilaman, o'zimni ko'rsataman degan yoshlar ko'p. Faqat shu yoshlarni to'g'ri yo'naltira bilish lozim, ularga motivaciya bera oladigan zukko murabbiylar kerak.

Bu borada klublar katta yo'lni bosib o'tishi kerak bo'ladi. Hadeb asosiy jamoaga urg'u bermasdan bundoq yoshlarga, o'smirlarga, futbol maktab tarbiyalanuvchilariga ko'z tashlab qo'yilsa, balki qimmatbaho gavhar oyog'ingiz ostidadir. Balki hech kim uni payqamayotgan bo'lishi mumkin. Bizga gavharni qidirib topa oladigan, uni yaltillatib Evropaga ko'z-ko'z qiladigan murabbiylar, skautlar va agentlar darkor. Lekin bu o'rinda eng birlamchi ish murabbiylar chekiga tushadi. CHunki gavharni topadigan ham murabbiy. Murabbiy gavharni topishi uchun unga ham etibor, yaxshi daromad lozimki, u boshqa ishlarini bir chetga qo'yib, faqat gavhar qidirish bilan mashg'ul bo'lsin.




O'zbekistonda har qanaqasiga yoshlarga birdaniga katta pul berilishiga qarshimiz. CHunki katta pulni ko'rgan yoshlar tez buziladi, bu orqali qanchadan qancha yoshlarni yo'qotdik. O'FA professional futbolchilar maoshida qandaydir limit belgilashi kerak. Ko'proq pul topishni xohlaysanmi, marhamat chetga ket. Bu ish bilan PFL shug'ullana olmaydi, chunki PFLning vazifasi musobaqa tashkil qilish, o'tkazish va g'oliblarni aniqlash. O'zbek futbolining buguni va ertasi O'FA qo'lida. O'z paytida Xitoy futbol uyushmasi futbolchilarga katta pul to'lashni to'xatib milliy futbolini saqlab qolgandi. Yo'qsa katta kompaniyalar bankrot bo'lishi mumkin edi. Biz ham nimadir qilmasak, tez orada "Metallurg" kuni boshqalar boshiga tushib qolishi mumkin.

Maqola yakunida aytmoqchi bo'lganimiz, vaqtinchalik sovrinlar ko'p narsa bermaydi. Biz kim o'zarga pul ishlatib chempion bo'lish darajasida emasmiz. Biz kam xarajat bilan ham zo'r futbolchilarni etkazib bera olamiz. Faqat yuqorida aytganimizdek, ozgina etiibor va motivaciya bo'lsa bas. CHetda biz haqimizda gap borganda O'zbekiston - "Yulduzlar fabrikasi" deyishlarini istaymiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика