Ro'ziqul Berdiev "Paxtakor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
20 noy 21:39
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev "Paxtakor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin nimalar dedi?
- Qiyin o'yin bo'ldi. Agarda vaziyatlardan foydalana olganimizda, o'yin boshqacha kechishi mumkin edi.
- Termadan qaytib kelgan futbolchilar 24 soat ichida o'yinga tushishi kerak bo'ldi. Milliy jamoadan qaytib kelgan futbolchilarning holati haqida gapirsangiz, ularning o'yinga tasiri qanchalik bo'ldi?
- Ular kechagi mashg'ulotga etib kelishmadi. "Paxtakor"dan ham bir qancha futbolchilar termada bo'lgandi. Futbolchilarning termada bo'lishi bir tomondan yoqimli, lekin bazida zararga ham ishlaydi. Ularning termadan qaytgani uchun holatini hisobga oldik va Sherzod Nasrullaevga kamroq imkoniyat berdik. Boshqa futbolchilarning tayyorgarligi yomon bo'lmagani uchun ulardan foydalanishga qaror qildik. Bu o'yinga tasir qilishi tabiiy. Agarda jamoa to'liqligicha mashg'ulot olib borsa, holat boshqacha bo'lardi. Ko'rdingiz, termadan kelgan futbolchilar biz kutgan o'yinni ko'rsata olishmadi.

- "Nasaf" Superligada 4 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu nima bilan bog'liq?
- Shu bosqichgacha deyarli bir tarkib bilan o'ynadik. Barcha o'yinlar biz uchun og'ir o'tmoqda. Kerakli futbolchilar bazida o'yinlarga tayyor bo'la olmayotgani ham tasir qilyapti. Yigitlarni bunda aybdor demagan bo'lardim, ular bor kuchi bilan harakat qilishyapti. Bugun "Paxtakor" maydonida qanchalik qiyin bo'lmasin, borini berib o'ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Natija yaxshi emas, bu borada o'zimizning hulosalarimiz bor. Biz har bir uchrashuvda maydonga tushib, bor kuchimizni namoyish qilishga intilyapmiz.
- Superliga yakunlanganidan keyin Elit OCHLning so'nggi o'yini Yangi yilga deyarli bir hafta qolganida o'tkaziladi. Shu davr mobaynida nimalar rejalashtirilgan?
- Avvalo oldimizda "Dinamo"ga qarshi o'yin bor, mavsumni munosib tugatish kerak. Ushbu uchrashuvdan keyin yigitlarga dam beramiz. "Al Ittihod"ga qarshi o'yindan oldin yigitlarni ertaroq yig'ib, tayyorgarlikni boshlaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar