Muhammad Habibullaev: "To'xtab qolish yo'q"
22 noy 15:38
Yangiliklar
Muhammad Habibullaev: "To'xtab qolish yo'q"
O'zbekiston U-17 terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Habibullaev musobaqa yakunlari bo'yicha fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jahon chempionati kutganimizdek, yaxshi o'tdi. Ozgina omad etishmadi. Xudo xohlasa, keyingi chempionatlarda ijobiy natija bo'ladi", – dedi Habibullaev.

- Kelajakdagi rejalar qanaqa?
- To'xtab qolish yo'q. Xudo xohlasa, keyingi musobaqalarda yo'l qo'ygan xatolarimizni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
- Eng qiyin uchrashuv qaysi bo'ldi?
- Menimcha, oxirgi uchrashuv — Italiya bilan bahs. Ular to'p nazoratini qo'lga olgan holda o'ynadi.
- Zaif tomonlarimiz nimada edi?
- 1:1 qilganimizdan keyin gol o'tkazib yubordik. Bu goldan so'ng uyg'onishimiz qiyin bo'ldi va navbatdagi golni ham darvozamizdan olib chiqdik. Ushbu mundial biz uchun juda katta tajriba bo'ldi deya olaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar