"Qizilqum" etakchisi "Neftchi"ga o'tmoqda
22 noy 13:26
Yangiliklar
"Qizilqum" etakchisi "Neftchi"ga o'tmoqda
Bugun Superliga 29-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.
Agar ushbu bahsda "Neftchi" g'alaba qozonsa, uzoq yillik niyatiga erishadi.
Etiborlisi, "Qizilqum" vingeri Islom Kenjaboev keyingi faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishi kutilayotgan ekan. Bu haqda Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev malum qildi.
Islom Kenjaboev 2026 yilni "Neftchi" safida boshlashi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

26 yoshli futbolchi joriy mavsum navoiyliklar tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Qizilqum" bahsi Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkazilidi. Uchrashuv 16:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?
Fikrlar
Qani kuramiz .
Nefchiga omad chempion bulilar