O'zbekiston - Urugvay. Jamoalar qanday rangli libosda maydonga tushishlari malum
20 mar 2019 10:13
Yangiliklar


O'zbekiston - Urugvay. Jamoalar qanday rangli libosda maydonga tushishlari malum
O'zbekiston terma jamoasi 22 mart kuni "China Cup-2019" musobaqasi yarim finalida Urugvay bilan o'ynaydi.
Urugvayga qarshi o'yinda vakillarimiz ko'k libosda harakat qilishadi. Raqiblarimiz esa oq rangli libosda maydonga tushishadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:35da Nanning shahridagi "Guanxi Sports Centre" stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, birinchi yarim final bahsi 21 mart kuni Xitoy va Tailand o'rtasida kechadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar