So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал учун Ўзбекистон таркиби маълум  0 19:05Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:1 (матнли трансляция)  186 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  1 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  44 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7

O'zbekiston U-23 terma jamoasining guruh bosqichidagi ishtirokiga nazar Yangiliklar

O'zbekiston U-23 terma jamoasining guruh bosqichidagi ishtirokiga nazar

Xabaringiz bor, U-23 Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi.

Kecha Timur Kapadze murabbiyligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi o'z yashil maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo Kubogining guruh bosqichidagi ishtirokini peshqadam sifatida yakunladi. SHukrki, guruh bosqichi muxlislarning qon bosimini tushiradigan tabletkalarni qatorlashtirib tashlagan holda aytishga noqulay bo'lgan so'zlar popurisining jaranglashiga o'rin qoldirmadi. Bo'lajak olimpiadachilar deyarli barcha uchrashuvlarda ustunlikka erishib, haqli muvaffaqiyatga erishdi. Xo'sh, jamoaning bunday natijalarga erishishiga nima turtki bo'ldi?

Pressing

Xoh Qatar bo'lsin, xoh Eron, vakillarimiz uchrashuv davomida himoyada raqibni kutib olib, hujumlarda baxtini izlab ko'rmasdan raqib darvoza chizig'i yonidan xavf tug'dirishni boshlashdi, bu esa ko'pgina vaziyatlarda foyda berdi. Ayniqsa, qatarlik futbolchilar qimmatli vaqtini ayamasdan ishqibozlik uchun tashrif buyurgan muxlislar qarshisida dovdirab qolishdi. Kapadze "Olimpik"ga singdirgan taktikani qita miqyosidagi musobaqada samarali qo'llay oldi. Hattoki ikkinchi deb atalgan tarkibimiz ham dastlabki taymda eronlik tengdoshlarini bir necha bor to'p yo'qotishga majbur qilishdi.


PRESSING

PRESSING

PRESSING

PRESSING

PRESSING
PRESSING


Individual mahorat


Hamyurtlarimiz faqatgina matematik hisob-kitoblarga asoslangan taktik o'yin bilan cheklanib qolgani yo'q. Joyi kelganda, bolaligidan zangori ekranlarda kuzatgan sevimli futbolchilariga o'xshash xatti-harakatlarni amalga oshirib, vaziyatlar yaratishga harakat qilishdi. Jumladan, ikkinchi to'qnashuvimizda bu narsa o'z samarasini yaqqol namoyon etdi. Jaloliddinov, Erkinov, Jiyanov kabi azamatlar tabloga javobgar xodimning mehnat qilishi uchun oyog'idan nima kelishini ko'rsatib qo'ydi. Qolgan o'yinlarda ham bahs davomida futbolchilarimiz chiroyli kadr bo'ladigan harakatlarni amalga oshirdi.


Individual mahorat

Individual mahorat

Individual mahorat

Individual mahorat

Individual mahorat  
 
Individual mahorat


Eng yorqin futbolchi


Aslida barcha yigitlar talab qilinganidan yuqori saviyada ter to'kishdi. Biroq ko'proq ko'zga tashlangan futbolchini tanlash kerak bo'lsa, Hojimat Erkinovning foydali koefficient ko'rsatkichi yuqoriroq ekanligini uchala o'yinni ham kuzatgan futbol bilimdonlarini his qilishgan bo'lsa kerak. Ehtimol, sizda boshqa variant bo'lishi ham mumkin. Erkinov uch o'yinda bir gol kiritdi (dastlabki turda inobatga olinmagan gol muallifiga ham aylandi), yana ikki jamoadoshining raqib darvoza to'rini titratishi uchun katta yordam berdi. SHuningdek, ko'pgina vaziyatlarda chap qanot orqali raqiblarini rosa hansiratib qo'ydi. SHuningdek, Abbos Fayzullaevning xatti-harakatlari ham ijobiy taassurot qoldirdi. Umuman olganda, guruh peshqadamiga aylanishimizda barcha o'yinchilarning xizmati beqiyos.

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov

Hojimat Erkinov



Nimalarga etibor berishimiz lozim?


Zalvorli muvaffaqiyatlardan so'ng ko'zga tashlangan arzimas muammolar kim uchundir tirnoq tagidan kir qidirayotgan singari erish tuyulishi mumkin. SHunday bo'lsa-da, o'z vazifamiz yuzasidan kichik dog'larni kelgusi bahslarda ko'rmaslik umidida sizlar bilan baham ko'rmoqchimiz. 

Terma jamoa hujumlar tashkil qilishda samarali harakat qilmoqda, biroq ortga qaytishda, raqib qarshi hujumida ukalarimiz futbol qoidalarini etarli ravishda buzmoqda. Ortgan qolgan uch tur davomida o'zbekistonliklar 5 marta hakam tomonidan sariq rangdagi jarima qog'ozi bilan siylandi. Ularni ko'paytirish esa endigi hal qiluvchi pley-off bahslarida salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, Qatarga qarshi bahsda follarimiz nisbati ham deyarli hisobdaqa ko'rinish oldi — 23:8. Disklafikaciyaga uchramaslik hamda standartsevar raqiblarga shart-sharoit yaratmaslik maqsadida bu jihatlarga ham etiborliroq bo'lamiz degan umiddaman.

Raqibga qo'pollik ishlatish bilan bir qatorda o'zimizda yuzaga kelayotgan imkoniyatlar ustida ham yanada jiddiyroq ishlash maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylayman. Gol kiritish ehtimoli yuqoriroq bo'lgan vaziyatlarda tepilgan to'plarning ko'p qismi raqib jonli devoridan ortga yig'lamsirab qaytmoqda. Jarima to'plarini amalga oshirishda Mirjalol Qosimov kabi bo'lmasa-da, yarim golli imkoniyatlarda raqibga biz ko'cha futbolida o'ynaganda yutqazganni jazolaydigan "qoplash" usulini qo'llamagan maqul.

Jarima zarbasi

Jarima zarbasi

Jarima zarbasi

Agar diqqat bilan o'yinlarni kuzatsak, jamoamizning plyus-minuslarini keragidan ortiq sanash mumkindir ehtimol. Yuqoridagi fikrlar shunchaki shaxsiy xulosam. Unga qo'shilish-qo'shilmaslikka haqqingiz bor, albatta. Barchamiz turnir so'ngida o'rnatiladigan shohsupada o'zimiznikilar kubokni boshlari uzra yuqori ko'tarishlarini orzu qilamiz. Imkonimiz boricha, keyingi raqibimizning o'yin uslubini ham tahlil qilishga harakat qilamiz. Iroqqa qarshi kechadigan chorak final bahsi barchamiz tantana qiladigan natijada yakunlanishini istaymiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика