O'zbekiston U-22 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Albaniya yoshlarini mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2014, 12:05
BAAning Dubay shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazayotgan O'zbekiston U-22 terma jamoasi Albaniya U-22 yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dubay shahrida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Shuhrat Maqsudov shogirdlari Albaniya yoshlariga qarshi maydonga tushishdi. Birinchi bo'lim Sardor Sobirxo'jaev tomonidan kiritilgan gol evaziga O'zbekiston yoshlar terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechgan bo'lsa ham, o'yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Jasur Hakimov raqib darvozasini ishg'ol qilib o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:0.

Ma'lumot o'rnida, Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi terma jamoa Dubayda yana ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Rejaga ko'ra, 17 noyabr kuni Saudiya Arabistoni Najran Sport Klubi jamoasiga qarshi uchrashuv o'tkazilsa, 18 noyabr kuni Bahrayn U-22 yoshlariga qarshi o'yin bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
16 noyabr. Dubay. BAA.
O'zbekiston U22 - Albaniya U22 - 2:0
Gollar: Sardor Sobirxo'jaev (40), Jasur Hakimov (87).
O'zbekiston U-22: A. Abdujalilov, A. Olimov (S. Asqarov), S. Rahmonov, M. Ubaydullaev, T. Shamshiddinov (X. Muxtorov), J. Abdumo'minov (Q. Ro'ziev), S. Sobirxo'jaev (J. Rasulov), D. Turopov (T. Hakimov), A. Maxstaliev, J. Masharipov, A. Shog'ulomov (J. Hakimov).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com