O'zbekiston U-21 - Rossiya U-21 o'rtoqlik uchrashuvi 30 daqiqa kechroq boshlanadi
22 may 2017 08:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/254808_original.jpg)
![](/upload/storage/254808_220.jpg)
O'zbekiston U-21 - Rossiya U-21 o'rtoqlik uchrashuvi 30 daqiqa kechroq boshlanadi
O'zbekiston U-21 terma jamoasi shu yilning 27 may kuni Rossiya U-21 termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar berilgandi.
Mazkur bellashuv Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo'lib o'tishi va 18:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan edi. Mamlakatdagi issiq ob-havo tufayli rossiyaliklar o'yinni yarim soat keyinroq o'tkazish taklifi bilan chiqdi va ularning taklifi qanoatlantirildi.
SHunday qilib, O'zbekiston U-21 – Rossiya U-21 uchrashuvi Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida 18:30 da boshlanishi belgilandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar