"Andijon" O'zbekiston U-21 terma jamoasini mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025
Toshkentda tayyorgarlik jarayonini o'tkazayotgan "Andijon" bugun O'zbekiston U-21 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Milliy futbol markazidagi yopiq manejda o'tkazilgan bahsda "burgutlar" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa Muhammadali Usmonov, Bekzod Sulaymonov va Bektemir Abdumannonov raqib darvozasini ishg'ol qildi. O'zbekiston tarkibida Nurlan Ibraimov gol urdi. 

O'zbekiston U-21 terma jamoasi: Rustamov, Karimov B, Murtazoev, Abdullaev, Rizaqulov, Hamidov, Bahromov (s), Fomin, Saidnurullaev, Jumaev, Haydarov. 

Zaxiradan tushganlar: Murkaev, Muratbaev, Ergashev, Rejabaliev, Halilov, Karimov M, To'lqinbekov, Reimov, Ubaydullaev, Tuxsanov, Yorqinboev, Ibraimov, Mirzaev, Anvarov.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" 24 dekabr kuni Dohada "Al Ahli" bilan ro'baro' keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати