

O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston – Eron 3:1
Hakamlar: Kirill Levnikov, Dmitriy Ermakov, Andrey Vereteshkin (Rossiya)
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Islom Azimov
Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00
Gol: Eldor Shomurodov 10, 1:0, Ramin Rizoyan 49, 1:1, Eldor Shomurodov 58, 2:1, Husayn Norchaev 90+4, 3:1
O'zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Abduqodir Husanov, 4.Behruz Karimov ( Hojiakbar Alijonov,82), 5.Jahongir O'rozov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov (Sherzod Esanov, 82), 10.Aziz G'aniev (, Diyor Xolmatov, 59), 13.Sherzod Nasrullaev ( Mahmud Mahamadjonov,82), 14.Eldor Shomurodov (Husayn Norchaev,89) 17.Doston Hamdamov ( Ruslan Jiyanov, 59), 22.Abbos Fayzullayev (Aziz Amonov, 89)
Zaxira: Edem Nemanov, Umarali Rahmonaliev, Jasur Jaloliddinov, Aziz Xolmurodov, Muhammadrasul Abdumajidov, Behruz O'ktamov, Nurmuhammad Abdug'aniev, Muhammad Hakimov.
Eron: 1. Alirizo Beyronvand, 2. Saleh Hardani ( 23. Ramin Rizoyan, 46), 3. Ehson Hajisafi ( 16. Mohammad Gorbani,64), 6. Said Izatollahi, 9. Mehdi Taremi, 17. Aria Yusufi, 18. Saman Fallah, 19. Ali Nemati, 21. Omid Noorafkan, 24. Dennis Dargahi (20. Sardar Azmun,46), 29. Mohammadmahdi Mohebi (25. Amirhussain Mahmudi, 64)
Zaxiradagilar: 12. Payam Niazmand, 22. Said Hussain Hussaini, 4. Shojai Xalilzoda, 11. Mehdi Lamouchi, 13. Mohammadmahdi Zare, 26. Mohammad Milad, 27. Orif Xajidi, 28. Mohammad Nodiri, 31. Sahab Zohidi, 33. Orif Ag'asi.
Ogohlantirishlar: Said Izzatullohi (Eron) 17, Abbos Fayzullayev (O'zbekiston) 55, Alirizo Beyronvand (Eron) 55
Uchrashuv yakunlandi.
90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Qarshi hujum, Mahmud Mahamadjonovdan uzatma, Norchaevdan yakuniy nuqta, 3:1
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
89. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abbos Fayzullayev o'rniga Aziz Amonov, Eldor Shomurodov o'rniga Husayn Norchaev tushdi.
82. O'ZGARISH. Karimov o'rniga Alijonov, Hamrobekov o'rniga Esanov, Nasrullaev o'rniga Mahamadjonov tushdi.
82. VARda vaziyat ko'rilgach kartochkalar bekor qilindi.
81. Hakam VAR monitori oldiga ketdi.
80. Ikkinchi sariq va qizil kartochka. Ruslan Jiyanov.
73. OGOHLANTIRISH. Ruslan Jiyanov, O'zbekiston.
64. O'ZGARISH. Eron, Mohebi o'rniga Mahmudi, Xojisafi o'rniga Gorbani tushdi.
62. Ehson Xojisafining jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
59. O'ZGARISH. O'zbekiston, Aziz G'aniev o'rniga Diyor Xolmatov, Doston Hamdamov o'rniga Ruslan Jiyanov tushdi.
58. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SHOMUROOOODOOOOV. Eldor Shomurodov 11 metrlik nuqtadan zarbani juda sovuqqon va aniq amalga oshirdi
56. OGOHLANTIRISH. Alirizo Beyronvand, Eron
56. PENALTI. Beyronvand Behruz Karimovga qarshi qo'pol chiqib keldi.
50. GOL. Forslar hisobni tenglashtirdi, 1:1. Standart vaziyatdan Ramin Rizoyan gol urdi.
50. OGOHLANTIRISH. Abbos Fayzullayev, O'zbekiston
46. O'ZGARISH. Eron, Hardani o'rniga Rizoyan, Dargahi o'rniga Azmun tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45. Vladimir Nazarov raqib futbolchisining boshi bilan yo'llagan zarbasini qaytardi.
38. ZARBAAA. Shomurodov jamoadoshidan kelgan uzatmani to'xtatmay darvozaga yo'lladi.
32. Forslar jarima zarbasini ijro etdi. Behruz Karimov to'pni qaytardi.
25. ZARBAAA. Abbos Fayzullayevdan ajoyib reyd va u Shomurodovni qulay poziciyaga olib chiqdi. Eldorning ohista zarbasi darvozaning pastki ustuniga tegdi.
22. Eron qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. Forslar stantadartlarda xavfli sanaladi.
19. Shomurodovda jarima maydonchasi ichida keskinlik yuzaga kelgandi.
17. OGOHLANTIRISH. Said Izzatullohi Abbos Fayzullayevni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.
10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SHOMUROOOODOOOOOV. Forslarni ilk daqiqalardanoq gol bilan jazoladik. Eldor Shomurodov raqib jarima maydonchasi ichidagi imkoniyatdan unumli foydalandi. Xojisafining sovg'asini hujumchimiz gol bilan yakunladi.
8. Chap qanotimiz faol. Lekin uzatmalar jarima maydonchasi ichigacha bormayapti.
4. Vakillarimiz to'p bilan juda yaxshi muomala qilmoqda va ustunlikni o'z tomoniga og'dirishga harakat qilyapti.
O'yinga start berildi.
“Istiqlol” stadionida ajoyib atmosfera
Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!
Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.



