So’nggi yangiliklar

08:21Францияда мавсумнинг энг яхшилари аниқланди. Рамзий термадан 9 нафар ПСЖ футболчиси жой олди  0 07:51Мбаппе "Реал"нинг барча даврларидаги рекордини янгилади  4 07:22Анчелотти кечаги мағлубият сабабларини маълум қилди  10 07:00Суперлига. "Сўғдиёна"ни Қобилов, "Машъал"ни эса Муртазоев мағлубиятдан қутқарди, "Навбаҳор" эса битта гол билан ғалабага эришди  0 02:12Сергей Лушан: "Битта голдан сўнг футболчиларни яна ҳужум қилишга мажбурлай олмаяпмиз"  5 01:57Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Файҳа" меҳмонда "Ал Иттиҳод"дан йирик мағлубият қабул қилиб олди, Бензема дубль қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  3 01:52А Серия. "Интер" Туринда ғалабага эришди, "Наполи" ўз уйида "Женоа"ни мағлуб этолмади — икки тур қолганда орадаги фарқ бир очко  2 00:07Ҳаким Фузайлов: "Бугун "Навбаҳор"га мағлуб бўлдик, аммо ортда қолган ҳеч бир беллашувда ўйин борасида рақибга ютқазмадик"  1 23:45РПЛ. "Рубин" 90-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ашурматов эса...  0 22:47Никола Лазаревич: "Иккинчи бўлимда кўпроқ гол уришимиз мумкин эди"  2 22:44АПЛ. "Арсенал" тўртта тўп киритилган "Ливерпуль"га қарши ўйинда ирода қайд этди  13 22:34Асрор Алиқулов: "Рақиблардан чўчиётганимиз йўқ"  1 22:20Суперлига. "Сўғдиёна" "Шўртан" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  10 21:55Эл Классико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 4:3, Мбаппедан хет-трик, Рафинядан эса дубл  50 21:41"Манчестер Сити" "Ювентус" футболчиси билан музокара ўтказмоқда  2

O'zbekiston U-20 – jahon chempionati chorak finalida! Yangiliklar

O'zbekiston U-20 – jahon chempionati chorak finalida!

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochdi.
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan mamlakat terma jamoasi o'z tarixida ilk bor yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati chorak finali yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bungacha 2003 va 2009 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan bo'lib, guruh bosqichi doirasida o'tkazilgan jami olti uchrashuvning birortasida ham g'alaba qozonmagan edi. 2013 yilgi musobaqada yangidan-yangi muvaffaqiyatlar qayd etilmoqda: Yangi Zelandiyaga qarshi guruh bosqichi uchrashuvida ilk g'alaba qo'lga kiritilib, terma darvozasi dahlsizligi birinchi marta saqlab qolingan bo'lsa, Xorvatiya bilan o'yindagi durang nimchorak finalga chiqish uchun etarli bo'ldi.

2 iyul kuni Ahmadjon Musaev shogirdlari Turkiyada davom etayotgan jahon chempionati bahslarida yana bir tarixiy natijani qayd etishdi. Evropa vice-chempioni, Greciya yoshlar terma jamoasiga qarshi nimchorak final uchrashuvida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozonib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qayd etish joiz, bungacha faqat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bu kabi muvaffaqiyatga erishgandi: 2011 yili Meksikada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslarida Aleksey Evstafeev va Ahmadjon Musaev qo'l ostidagi yigitlar chorak finalgacha etib borishgan edi.

Qayd etish joiz, Greciya – O'zbekiston uchrashuvi hayajonli daqiqalarga boy bo'ldi; o'yin penaltilar seriyasigacha etib bormagan bo'lsa-da, muxlislar uchrashuv davomida deyarli penaltilar seriyasiga guvoh bo'lishdi – uchrashuvning kot d’ivuarlik bosh hakami Numandies Due o'yin davomida uch marta 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

Dastlabki daqiqalar Greciya terma jamoasining kuchli bosimi ham katta tashabbusi ostida o'tdi. Biroq, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi qarshi hujumlardan muvaffaqiyatli foydalanishga erishib, 26-daqiqada Abbos Maxstaliev juda chiroyli, kuchli va aniq zarba bilan hisobni ochdi. Biroq, oradan 7 daqiqa o'tar-o'tmay, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi jarima maydonchasi ichida raqib futbolchisi yiqitildi. Belgilangan penaltidan Greciya yoshlar terma jamoasi sardori Konstantinos Stafilidis aniq foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo'limda omad to'lig'icha O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga kulib boqdi. Qaysidir manoda o'yin taqdirini hal qilgan vaziyat 62-daqiqada sodir bo'ldi. Vladimir Kozak chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirganidan so'ng, Boburbek Yo'ldoshev qulay vaziyatdan noaniq zarba yo'lladi. Biroq uchrashuv bosh hakami Greciya yoshlar terma jamoasi darvozasi tomon penalti belgiladi – jarima zarbasi amalga oshirilayotgan vaziyatda Greciya yoshlar terma jamoasi azosi Dimitrios Kurmpelis Sardor Rahmonov ushlab qolib, yiqitgan edi. Hakam nafaqat penalti belgiladi, shu bilan birga o'yin boshida sariq kartochka olib ulgurgan Kurmpelisni ikkinchi marta ogohlantirib, maydondan chetlatdi.

Penaltidan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev aniq foydalanib, musobaqadagi gollari sonini ikkitaga etkazdi. Maydonda son jihatdan, tabloda hisob bo'yicha ustunlikni qo'lga olgan Ahmadjon Musaev shogirdlari keyingi daqiqalarda ancha xotirjam to'p surishdi. O'yin asosiy vaqti yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida esa hisob 3:1 ko'rinishini oldi. Maydonda o'n kishi bo'lib qolganiga qaramay, tavakkaliga hujumga o'tgan Greciyaning himoyachilari jarima maydonchasiga yorib kirgan Zabihillo O'rinboevni qoidagi hilof ravishda to'xtatib qolishdi. Due esa Kapino darvozasiga uchinchi penaltini belgiladi. Sardor Rahmonov esa 11 metrlik nuqtadan adashmadi – 3:1 va O'zbekiston chorak finalda.

Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati chorak finalida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Franciya – Turkiya juftligi g'olibiga qarshi to'p suradi. Uchrashuv 6 iyul, shanba kuni Rize shahridagi Yeni SHehir stadionida o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

U-20 JCH-2013
Nimchorak final uchrashuvi
2 iyul, seshanba
GRECIYA – O'ZBEKISTON 1:3 (1:1)
Gollar:
Konstantinos Stafilidis (33, penalti) – Abbosbek Maxstaliev (26), Igor Sergeev (62, penalti), Sardor Rahmonov (83, penalti).
Ogohlantirishlar: Dimitrios Kurmpelis (5), Dimitrios Konstantinidis (82), Konstatinos Trayanafillopulos (87) – Boburbek Yo'ldoshev (30), Sardor Rahmonov (79).
CHetlatishlar: Dimitrios Kurmpelis (60, ikkinchi ogohlantirish) – Boburbek Yo'ldoshev (86, ikkinchi ogohlantirish).
GRECIYA: Stefanos Kapino, Konstantinos Stafilidis, Konstantinos Trayantafillopulos, Panagiotis Ballas (Mavrudis Bugaidis, 58), Spiridon Furlanos, Dimitrios Diamantakos, Dimitrios Kolovos, Ioannis Gianniotas (Antonios Ranos, 73), Dimitrios Kurmpelis, Dimitrios Konstantinidis, Andreas Buchalakis (Anastasios Bakasetas, 68).
O'ZBEKISTON: Asilbek Omonov, Tohirjon SHamshitdinov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo'ldoshev, Maksimilian Fomin, Abbosbek Maxstaliev, Vladimir Kozak (Zabihillo O'rinboev, 81), Diyorjon Turopov (Abdul Aziz Yusupov, 89), Igor Sergeev (Jasurbek Hakimov, 85), Sardor Sobirxo'jaev, Muhsinjon Ubaydullaev.
Bosh hakam: Numandies Due (Kot d’Ivuar).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика