So’nggi yangiliklar

09:57Мбаппе жорий мавсумдаги мақсадини айтди  0 09:30Канте Европага қайтиши мумкин  0 09:02МЮ қишда АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  2 08:33Суперлига. Бугун "Бухоро" яна "Бобур Арена"да ўйнайди  6 08:08БАА. "Ўзбек дербиси"да ҳамюртларимиз Sofascore томонидан неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:41Sofascore. Тўпурарлар пойгасида пешқадам бўлиб олган Шомуродов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  4 00:51Пеп Гвардиола: "Биз ҳали энг юқори даражамизда эмасмиз"  2 00:05Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" Шомуродовнинг голи эвазига ғалаба қозонди  19 23:55Ямалнинг соғлиғида яна муаммолар бошланди  8 23:35Эрон. "Истиқлол" ишончли ғалаба қайд этди  0 23:18Верратти Доннарумма ҳақида: "У ҳафа бўлганди"  2 22:50Асрор Алиқулов: "Шўртан"да ким ишламасин ёки клубимизга ким алоқадор бўлмасин ҳамма ғалабани кутаётганди"  0 22:45Суперлига. "Шўртан" – ОКМК 4:3  0 22:28Миржалол Қосимов: "Агар имкониятим бўлганида футболчилар миясига кириб иккинчи таймга нима хаёлда чиқишганини билган бўлардим"  6 22:10Гвардиола Родри ва Холанднинг ҳолати ҳақида маълумот берди  0

O'zbekiston U-19 terma jamoasi azosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev: “Kuchli jamoalar bilan o'yinlarda o'zimiz uchun tajriba orttirdik” Yangiliklar

O'zbekiston U-19 terma jamoasi azosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev: “Kuchli jamoalar bilan o'yinlarda o'zimiz uchun tajriba orttirdik”

Xabaringiz bor, mamlakatimiz oktyabr oyida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Mazkur musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilayotgan yoshlar terma jamoamiz yaqinda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazib qaytdi. Temur Kapadze shogirdlari nomdor va Evropa jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga chiqishdi. Rasmiy bo'lmagan o'yinlarda natijaga jiddiy ahamiyat berilmaydi. Muhimi tajriba va o'yinni shakllantirish. Biz umumiy taasurotlar haqida futbolchi Ibrohimhalil Yo'ldoshevga murojaat qildik.

- Ibrohim, avvalo xorijda o'tkazilgan mashg'ulotlar haqida ikki og'iz fikr bildirsangiz...

- Birinchi galda yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilib bergan O'zbekiston futbol associaciyasiga rahmat aytaman. Yig'in ko'ngildagidek o'tdi. Ayrim qiyinchiliklar ham bo'ldi. Jismoniy, taktik va ruhiy tomonlama ishladik. Nazariy mashg'ulotlarda qatnashdik. Darajasi biznikidan yuqori bo'lgan kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Kerakli va foydali narsalarni oldik. Tajriba orttirdik. Raqiblarimiz kuchli bo'lishiga qaramasdan tengma-teng o'ynashga harakat qildik.

- Mazkur terma jamoa uzoq muddat Otabek G'ulomxo'jaev qo'l ostida shug'ullandi. Endi esa Temur Kapadze murabbiylik qilmoqda. Yangi murabbiyning falsafasiga, uslubiga moslashish, ko'nikish qiyin bo'lmayaptimi?

- To'g'ri. Ko'p vaqt Otabek aka bilan birga ishladik. Bir qancha yig'inlarda, musobaqalarda ular bizga ustozlik qildilar. O'ziga yarasha maslahatlar berdilar, bilmaganlarimni o'rgandim. Temur akani qo'liga o'tganimizga ko'p bo'lmagan bo'lsada, tezda moslashib ketdik. Kerakli tavsiyalarni bermoqdalar. Jamoani birdamlikka chorlamoqdalar, ahil oila bo'lishimizni takidlayaptilar.

- Har bir murabbiyning talablari turlicha bo'ladi. Bir-biridan farq qiladi. Temur Kapadze futbolchilardan ko'proq nimani istayapti, talablari qanday?

- Ikki murabbiyni solishtirish qiyin masala. Temur akani uslublari taktika va kuchli presingga asoslangan, raqibga bosimni oshirish hisobiga to'pni olib qo'yib hujumni rivojlantirish. Otabek akaniki esa himoyadan tezroq qarshi hujumga o'tish edi. Umumiy qilib aytganda maqsadlarimiz ulkan. O'zimizda bo'ladigan Osiyo chempionatiga kuchli tayyorgarlik ko'rib, xalqimizni ijobiy natijalar bilan xursand qilishni xohlaymiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика