O'zbekiston U-19 Erevandagi yig'inini yakunladi
16 iyu 2014 12:23
Yangiliklar
O'zbekiston U-19 Erevandagi yig'inini yakunladi
1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Erevan shahridagi yig'inini yakunladi va Toshkentga qaytib keldi.
Armaniston poytaxti Erevan shahrida bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 16 iyun kuni Toshkentga qaytib keldi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlari Erevanda Armaniston U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi. Dastlab, 12 iyun kuni o'tkazilgan o'yinda O'zbekiston yoshlari 2:0 hisobida g'alaba qaozonishgan bo'lsa, 14 iyun kuni o'tkazilgan ikkinchi o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
Malumot uchun, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan 3 iyun kuni o'z vazifasidan ozod etilgan edi. Ayni damda terma jamoaga katta murabbiy Ilhom Mo'minjonv boshchilik qilmoqda. Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomi yaqin kunlarda elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi oktyabr oyida Myanmada tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Fikrlar