O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda
06 sen 2019 11:12
Yangiliklar


O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda
Bilasiz, O'zbekiston U-16 terma jamoasi joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi.
Ushbu musobaqaga qizg'in hozirlik olib borayotgan terma jamoamiz kecha poytaxtimizda yig'inga kirishdi. Ushbu yig'in doirasida hamyurtlarimiz BAAlik tengqurlariga qarshi 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi. Dastlabki o'yin 8 sentyabr kuni soat 16:30da TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. Ikkinchi uchrashuv esa 11 sentyabr sanasida “Yakkasaroy” stadionida soat 16:00da o'tkaziladi.
Bugungi mashg'ulotdan olingan fotosuratlar:
O’xshash yangiliklar
20:36
Asror Aliqulov: "Kubok uchrashuviga U-21 jamoasidan ko'proq futbolchi jalb qildik. Lekin..." 0

Fikrlar