O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
14 iyu 2014 10:59
Yangiliklar
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 15-25 iyul kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan xalqaro turnirda ishtirok etadi.
SHu yilning sentyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 15 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahriga xalqaro turnirda ishtirok etish uchun jo'nab ketadi. O'FF Terma jamoalar bergan malumotga ko'ra, O'zbekiston U-16 o'smirlar termasi mazkur turnirda 4ta uchrashuv o'tkazadi.
Aleksandr Mochinov shogirdlari turnirdagi ilk uchrashuvini 17 iyul kuni Saudiya Arabistoni U-16 o'smirlar termasiga qarshi o'tkazsa, 20 iyul kuni Iordaniya U-16 o'smirlariga qarshi o'ynaydi. O'zbekiston U-16 o'smirlari turnirdagi so'nggi ikki o'yinini 22 iyul kuni Qatar va 24 iyul kuni BAA o'smirlarlariga qarshi o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 2-11 iyul kunlari Toshkentda yig'in o'tkazishgan va JAR stadionida Ummon U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edilar. Terma jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvda Mochinov shogirdlari 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsa, o'zaro ikkinchi o'yinda Ummon o'smirlari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Fikrlar