So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  2 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

O'zbekiston U-16 chempionati. “Odil junior” asosiy tarkibining 5 nafar futbolchisi jamoaga yordam bera olmaydi Yangiliklar

O'zbekiston U-16 chempionati. “Odil junior” asosiy tarkibining 5 nafar futbolchisi jamoaga yordam bera olmaydi

O'zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat U-16 chempionati uchrashuvlarini 11-21 noyabr kunlari oralig'ida o'tkazishni rejalashtirgandi.

Biroq keyinroq CAFA U-15 (2006) terma jamoalari o'rtasida 17-24 noyabr kunlari Dushanbeda musobaqa tashkil etishga qaror qildi. Unda Server Jeparov boshqaruvidagi o'smirlarimiz ishtirok etadi. 

CAFA musobaqasi rejasi sabab, O'zPFL barcha jamoalar qaydnomalariga qayta murojaat qildi. Unga ko'ra, deyarli barcha jamoalar asosini 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar tashkil etadi. Faqatgina “Odil junior” musobaqada 1 yosh kichik toifa — 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan o'ynashni rejalashtirgan. Ammo endilikda jamoaning 5 asosiy futbolchisi terma yig'iniga jalb etilganidan kelib chiqib, ular faqatgina “Metallurg” jamoasiga qarshi ilk uchrashuvdagina ishtirok etish imkoniyatiga ega. Boisi, Server Jeparov jamoasi 10 noyabr kuni yig'inga kirishadi. 

SHundan kelib chiqib, O'zPFL “Metallurg” — “Odil junior” uchrashuvini 9 noyabr sanasiga ko'chirdi. Bellashuv 15:00 da “CHig'atoy” sport bazasida start oladi. Qolgan jamoalar rejasiga qayta o'zgartirish kiritilmasligi uchun O'zPFL boshqa uchrashuvlar vaqti va sanasini o'zgarishsiz qoldirdi. Rejaga ko'ra, terma yig'ini hamda O'zPFL musobaqasi bir-biriga halal bermaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика