So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  0 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  33

Islom Ismoilov: "Saudiya Arabistoni bilan o'yinda ikki xil taktikani sinovdan o'tkazdik" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Saudiya Arabistoni bilan o'yinda ikki xil taktikani sinovdan o'tkazdik"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyidagi Osiyo kubogiga munosib tayyorgarlik olib borish maqsadida Saudiya Arabistonida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi.

Mamlakatning mazkur yosh toifasidagi jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlaridan so'ng terma jamoa ustozi Islom Ismoilov fikrlarini bildirdi. 

"Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvga keladigan bo'lsak, maqsadimiz ikki xil bo'limda ikkita taktikani sinovdan o'tkazish edi. Birinchi bo'limda yuqoriga ko'tarilib, raqibga tinimsiz bosim o'tkazish, ikkinchi bo'limda raqibni ikkinchi xududda kutib olish va qarshi hujumlarda o'ynash vazifasi yuklatilgandi. O'ylagan narsalarimiz amalga oshdi, umuman olganda Saudiya Arabistonidagi yig'inimiz yomon o'tmadi. Futbolchilar o'zlariga berilgan vazifani to'liq bajarishdi. Saudiya Arabistoni guruhimizdagi asosiy raqibimiz bo'lgani uchun to'liq imkoniyatlarimizni ocha olmas edik. SHu bois ikki uchrashuvda turli taktikalardan foydalandik. 

Osiyo kubogiga kam vaqt qolmoqda. Oldinda Turkiyada, keyin Belarus davlatidagi musobaqalarda qatnashamiz. O'FA tomonidan bizga barcha sharoitlar yaratib bermoqda. Buning uchun terma jamoalar markaziga minnatdorchilik bildirib qolaman. Asosiy maqsadimiz Osiyo kubogida Jahon chempionatiga yo'llanma olish va munosib ishtirok etish",- deydi Islom Ismoilov.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика