"Napoli" Kvaracxeliyaning o'rnini Saudiya Arabistonidagi o'yinchi bilan to'ldiradi
01 fev 21:04
Yangiliklar
"Napoli" Kvaracxeliyaning o'rnini Saudiya Arabistonidagi o'yinchi bilan to'ldiradi
"Napoli" "Al Ahli" vingeri Allan Sen-Maksimen bilan shartnoma imzolaydi.
Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Mavsum so'nggiga qadar ijara bitimi imzolanishi mumkin. Saudiya klubi buning uchun 4 million evro oladi.
Sen-Maksimen ushbu mavsumni ijara asosida "Fenerbaxche"da o'tkazmoqda. U Evropada "Nyukasl", "Nicca" va "Monako" jamoalari sharafini himoya qilgan.
Fikrlar