O'zbekiston kubogi mart oyida start oladi
01 fev 07:39
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi mart oyida start oladi
Yangi tashkil etilgan O'zbekiston futzal federaciyasi shafeligida birinchi bor O'zbekiston kubogi bahslari bo'lib o'tadi.
Kubok bellashuvlarining yangi mavsumiga mart oyida start berish rejalashtirilmoqda.
Mamlakat kubogi uchun kurashda oliy va birinchi liga jamoalari ishtirok etishi belgilangan, shuningdek, O'FFning musobaqalar o'tkazish Reglamenti talablariga javob bergan havaskor jamoalar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega. Bunda talabgorlar soni 16 tadan oshib ketsa, jamoalar ortasida saralash o'yinlari tashkillashtiriladi.
Musobaqada ishtirok etish uchun jamoalar o'z arizalarini 20 fevralga qadar O'zbekiston futzal federaciyasiga taqdim etishlari talab qilinadi.
O’xshash yangiliklar
22:55
O'zbekiston U-16 terma jamoasi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida ham Saudiya Arabistonidan ustun keldi 3
Fikrlar