So’nggi yangiliklar

01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  6 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1 21:15"Манчестер Юнайтед" Магуайр билан шартномани узайтирмоқчи  5 20:48Фабио Каннаваро: "Ғалаба билан бошлашимиз муҳим эди"  33

Bahodir Mirzaev: "Quradan ko'nglimiz to'ldi, buyog'iga amalda ko'rsatish qoldi" Yangiliklar

Bahodir Mirzaev: "Quradan ko'nglimiz to'ldi, buyog'iga amalda ko'rsatish qoldi"

Teglar :  Bahodir MirzaevOKMK
Qura natijalariga ko'ra, OKMK mavsumni o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Klub bosh direktori Bahodir Mirzaev taqvim, raqiblar yuzasidan quyidagi fikrlarini bildirdi. 


"Qura jarayonini kuzatdim. Yaxshi qura bo'ldi. Avvaldan aytib kelganman, mavsumni o'z maydonimizda boshlash yaxshi. O'z muxlislarimiz ko'z o'ngida Olmaliq ahliga g'alaba tortiq qilish uchun harakat qilamiz. Ilk turlarda qo'lga kiritiladigan g'alaba butun mavsumga qo'shimcha kuch beradi. Ikkinchi turni ham uyda o'tkazishimiz yanada yaxshi deb o'ylayman. Umuman birinchi davra taqvimidan ko'nglimiz to'ldi. Buyog'iga amalda ko'rsatish qoldi.


Dastlabki 5 ta turda barcha jamoalarning imkoniyatlari teng bo'ladi. Boisi hozirgi kunda jamoalar mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Kuniga ikki mahaldan yuklamalar olishmoqda. Ketma-ket nazorat uchrashuvlari o'tkazishmoqda. Bu bir yillik mavsum uchun poydevor vazifasini o'taydi. Dastlabki turlarda bir-birini tushunib olishi uchun vaqt kerak. OKMKning o'zagini saqlab qolganimiz bizning asosiy yutug'imiz bo'lishi kerak.


OKMK o'z oldiga chempionlik va kubok g'olibligini maqsad qilib qo'ygan. Bu orqali OCHLga yo'llanma olishimiz kerak. OKMK muxlislarini xursand qilishi uchun borini beradi", - deydi Bahodir Mirzaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика