O'zbekiston terma jamoasi "Lakeside" stadionida mashg'ulot o'tkazdi
16 jan 2015 12:09
Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi "Lakeside" stadionida mashg'ulot o'tkazdi
Bugun Melburn vaqti bilan soat 18:00da O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi mashg'ulotni boshladi.
Mashg'ulot boshida uch nafar darvozabonimiz bilan odatga ko'ra Pyotr Gizimchuk shug'ullandi.
16 nafar o'yinchi esa ikkiga bo'linib mashg'ulotni boshlashdi.
"Qizillar": Egor Krimec, Vohid SHodiev, Farruh Sayfiev, Server Jeparov, Akmal SHorahmedov, Lutfulla To'raev, Igor Sergeev, Jasur Hasanov
"Yashillar": Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarov, SHavkat Mullajonov, Bahodir Nasimov, Sanjar Tursunov, SHuhrat Muhammadiev.
Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze va Islom To'xtaxo'jev qolganlardan alohida tarzda shug'ullanishdi.
Dastlabki 10 daqiqalik chigalyozdi mashqlardan so'ng "Qizillar" va "Yashillar" gandbolsifat futbol o'ynashdi. Bunda to'pni ham qo'l, ham oyoq bilan o'ynaldi. Darvozalarni Nesterov va Suyunov qo'riqlashdi. Akbar To'raev esa alohida tarzda Gizimchuk tomonidan "o'qqa tutildi".
Denisov, Ahmedov, Kapadze va To'xtaxo'jaev SHuhrat Maqsudov qo'l ostida asosan tiklanish mashg'ulotlarini bajarishmoqda.
Malumot uchun, ushbu stadion "South Melbourne" klubiga tegishli bo'lib, o'z bag'riga 15 ming tomoshabin sig'adi. Ushbu klub milliy ligada o'ynaydi. Stadion 1878 yilda qurilgan va 2011 yilda qayta tamirlangan ekan.
Mashg'ulot so'nggida barcha futbolchilar mushaklarni cho'zish mashg'ulotini o'tkazishdi. Server Jeparov va Sardor Rashidov esa mashg'ulotni jarima to'plarini bajarish bilan yakunladi.
Narzulla Saydullaev
Melburn

Fikrlar