So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti haqida (FOTO+VIDEO) Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti haqida (FOTO+VIDEO)

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi o'zining navbatdagi yig'iniga kirishdi.

Kuning birinchi yarmida Toshkentdagi "City Palace" mehmonxonasida to'plangan terma jamoamiz ilk mashg'ulotni soat 16:30da TTMI stadionida o'tkazdi.

Mashg'ulotda yig'inga jalb etilgan 4 nafar (Odil Ahmedov, Eldor SHomurodov, Doston Hamdamov va Otabek SHukurov) legionerlardan tashqari barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Legionerlar esa dam olish kunlari bo'lib o'tadigan tur uchrashuvlaridan so'ng terma jamoamiz ixtiyoriga etib kelishadi.




Ektor Kuper mazkur yig'inga taklif etgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Roman Abdulov (AGMK)
O'tkir Yusupov (“Qo'qon-1912”)
 
Himoyachilar:
Egor Krimec (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
SHerzod Azamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal SHorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)
 
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qo'qon-1912”)
Ikrom Aliboev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek SHukurov (“SHarja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
 
Hujumchilar:
Ivan Nagaev (“Qizilqum”)
Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)
Husniddin G'ofurov (“Lokomotiv”)


Kuper elon qilgan tarkibdan o'rin olgan darvozabon Botirali Ergashev jarohati bois mazkur yig'inda ishtirok emasligi oydinlashdi. Uning o'rniga esa oxirgi paytlarda Superligada ishonchli o'yinlari bilan etibor qozongan, o'tgan turda saytimiz orqali "tur darvozaboni" deya etirof etilgan AGMK posboni Roman Abdulov chaqirilgan.



O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotida Kuper yordamchisi, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha javobgar mutaxassis Antonio Sarioglu ko'rinmadi. Malum bo'lishicha, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis bugun kechqurun Toshkentga uchib keladi va ertadan futbolchilarni shug'ullantirishni boshlaydi. Qolgan murabbiylar shtabidagi mutaxassislar o'z o'rnida ishni davom ettirishmoqda.



Denis Ivankov odatdagidek darvozabonlar bilan ishni davom ettirmoqda. Uning qo'l ostida o'tgan yig'inga nisbatan ikkita yangi nom paydo bo'lgan. Terma jamoadan ilk bor chaqiruv olgan "Qo'qon-1912" darvozaboni O'tkir Yusupov hamda AGMK kiperi Roman Abdulov qolgan hamkasblari Ignatiy Nesterov va Eldorbek Suyunov singari mashg'ulotlarda qattiq ishlashmoqda.

Futbolchilarni yigalyozdi mashqlarini esa Kuperning yana bir yordamchisi Mahmud Fayoz Muhammad o'tkazmoqda. Karlos Fantagucci esa taktik tahlil bilan shug'ullanmoqda.



SHuningdek, o'tgan yig'inda terma jamoamiz bosh mamuri bo'lgan Baxtiyor Ismoilov o'rniga Sarvar Tojiev ishni davom ettirmoqda. Qolgan o'zgarishlar hozircha kuzatilgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, "Krilya Sovetov"da o'ynayotgan himoyachimiz Vitaliy Denisov jarohati bois mazkur yig'inga chaqirilmagani O'FA tomonidan aytilgandi.


FOTOGALEREYA. O'zbekiston MTJning mashg'uloti 



Ektor Kuper etiboriga tushgan va ro'yxatga kirmagan futbolchilar haqida

Kuper MTJga chaqirmagan futbolchilarning "jahli" chiqdi


TAS-IX

 


TAS-IX emas


FOTOGALEREYA. O'zbekiston MTJning mashg'uloti


Foto: Narzulla Saydullaev - "Facebook", "Instagram"

Video: Jahongir Fayzullaev  "Instagram"

SHahboz Beg'amov - "Telegram""Instagram""Twitter""Facebook" 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика