So’nggi yangiliklar

21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  5 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  7 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  6 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  10 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  25 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  57 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  4 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  7 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  26

O'zbekiston terma jamoasini kuzatdik + FOTO Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasini kuzatdik + FOTO

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Xitoyga uchib ketmoqda.

Terma jamoamiz 31 avgust sanasida Xitoyga qarshi safarda maydonga tushadi. Biroz avval terma jamoamiz "City Palace" mehmonxonasidan aeroportga etib bordi. Bu yo'lda muxlislar futbolchilarimizni o'ziga hos tarzda kuzatib qo'yishdi. Va albatta, bu jarayon bizning obektivimizlarimizda o'z aksini topdi. O'zbekiston terma jamoasini mehmonxonadan aeroportgacha kuzatib qo'yish jarayonidan to'liq fotogalereya va videolavhani birozdan so'ng saytimizda tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Samvel Babayan Xitoyga 24 nafar futbolchini olib ketmoqda. Yig'inga chaqirilgan 27 o'yinchidan Davron Hoshimov diskvalifikaciya sabab Toshkentda qoldi, shuningdek Vladimir Kozak va Aziz G'anievlar ham "CHin yurti"ga uchishmayapti. Yodingizda bo'lsa, 26 avgust kuni saytimizda - Kimlar Xitoyga bormaydi? nomli maqola chop etilgan edi. O'shanda aynan yuqoridagi uch nafar futbolchi bormasligi taxmin qilingan edi, Toshkentda qoladiganlarning yana biri Egor Krimec, Jamshid Iskanderov va Sardor Mirzaevlardan biri bo'lishi mumkinligi yozilgan edi. Yakunda, Babayan ularning hammasini olib ketishga qaror qildi. Xitoy bilan o'yin qaydnomasiga esa 23 nafar o'yinchi kiritiladi. Demak, bosh murabbiy kimdir jarohat olib qolishi mumkinligini hisobga olgan yoki o'sha kuni kim yaxshiroq holatda bo'lsa o'sha qaydnomaga kiritiladi.



Xitoyga yo'l olgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo'qon-1912”);

Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“CHanchun Yatay”, Xitoy), SHerzod Azamov (“Paxtakor”), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal SHorahmedov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent);

Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor SHomurodov (“Rostov”, Rossiya), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent).

Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Xitoyga soat 21:10da uchib ketadi. Futbolchilarimizga omad va g'alaba tilab qolamiz.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика