So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

O'zbekiston terma jamoasi menejeri SHerzod Igamberdiev: "KXDR terma jamoasi uy uchrashuvlarini qaerda o'tkazishi nomalum. OFK ikkinchi bosqichdagi sariq kartochkalarni bekor qilish arizasi bilan FIFAga murojaat qildi" Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi menejeri SHerzod Igamberdiev: "KXDR terma jamoasi uy uchrashuvlarini qaerda o'tkazishi nomalum. OFK ikkinchi bosqichdagi sariq kartochkalarni bekor qilish arizasi bilan FIFAga murojaat qildi"

JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi qura natijalaridan so'ng terma jamoa menejeri SHerzod Igamberdiev bo'lajak raqiblar haqida fikr bildirib o'tdi.

- O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi raqiblarini bilib oldi. Qanchalik qiyin guruhdan joy oldik? Qura natijalari haqida fikr bildirib o'tsangiz.

- Birinchi savatchadan qaysi terma jamoalar o'rin olganiga yaxshiroq etibor bering, Eron - logistika va o'zaro munosabatlar jihatidan qulayroq raqib. Eron bilan o'zimizning hisob kitobimiz bor. Ikki terma jamoa ham bir-birini juda yaxshi biladi. Qiziqarli to'qnashuvlar guvohi bo'lishimiz aniq. Qatar ham bizga tanish. Ushbu terma jamoa bilan yaqinda to'qnash keldik. Natijadan esa xabaringiz bor. Qatarga qarshi uchrashuvlarning ahamiyati haqida gapirib o'tirish shart emas. Bunday to'qnashuvga qo'shimcha motivaciyaning keragi ham yo'q. Bizning guruhdagi har bir raqiblarimiz o'ziga yarasha kuchli jihatlarga ega. Har bir terma jamoa kuchli ekanligini maydonda isbotlab bo'ldi. Har bir raqibga jiddiy yondashish kerak deb o'ylayman. Birlashgan Arab Amirliklari kuchli futbolchilar, ajoyib infratuzilma va kuchli ichki chempionatga ega mamlakat. Qirg'iziston esa yon qo'shnimiz, bu esa ikkita derbi uchrashuv bizni kutib degani. KXDR terma jamoasiga ham jiddiy yondashish kerak. SHimoliy koreyaliklar avvalroq mundialda ishtirok etishgan. SHuningdek, ular bizga bir taym ichida 4 ta gol urganini yaxshi eslaymiz. Guruhdagi har bir uchrashuv oson kechmaydi.

- Sizning fikringizcha Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri bo'lgan ikkita yo'llanmani kim qo'lga kiritadi?

- Oldindan taxmin bildirish eng katta xato deb hisoblayman. Har bir uchrashuvga orzumiz tomon tashlangan yana bir qadam deb qarasak, mundialga chiptani rasmiylashtirishimizga ishonchim komil. Associaciya o'z bo'ynidagi barcha vazifalarni bajarib beradi. Yana bir yaxshi yangilik, OFK ikkinchi saralash bosqich bahslari doirasida olingan barcha sariq kartochkalarni bekor qilish bo'yicha FIFAga murojaat qildi. Bu esa bizga foyda. Jarohatlangan futbolchilarimiz Igor Sergeev va Xojiakbar Alijonovlar kuzga qadar o'zining optimal sport holatiga qaytib olishadi.

- Srechko Katanec ushbu raqiblar logistika jihatidan ancha qulay jamoalar ekanligini takidlab o'tdi. Biroq KXDR terma jamoasi biz uchun katta jumboq. 2015 yildagi uchrashuvni eslab o'tdingiz. Pxenyanda bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida qandaydir tasavvurga egamisiz? SHimoliy Koreyaga safar uyushtirish qanchalik qiyin bo'lishi mumkin? Mamlakat federaciyasi bilan uchrashuvni neytral maydonda o'tkazish bo'yicha kelishib olishning imkoni bormi?

- Safar uchrashuvlarimiz bo'lib o'tadigan barcha shaharlarga to'g'ridan-to'g'ri reyslar amalga oshiriladi. Eron, Qatar, BAA, Qirg'iziston mamlakatlariga viza kerak emas. SHuningdek, Doxa, Dubay va Tehron shaharlarida yaqinda o'yin o'tkazdik va u erdagi sharoitlarni yaxshi bilamiz. Ushbu jihat ham bizning foydamizga ishlaydi degan umiddaman. KXDR - katta muammo. Terma jamoa so'nggi uchrashuvlarini Laosda o'tkazganidan xabardormiz. KXDR terma jamoasining uy uchrashuvlari qaerda o'tkazilishi bo'yicha hech qanday malumotga ega emasmiz. Vaziyatni OFK va FIFA bilan birga kuzatib boramiz. Bir nima sodir bo'lsa, ularga murojaat qilamiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика