O'zbekiston terma jamoasi ertaga Dubayga uchadi
17 mar 2017 15:44
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi ertaga Dubayga uchadi
JCH-2018 saralashi doirasidagi Suriyaga qarshi o'yin o'tkazadigan O'zbekiston terma jamoasi ertaga Malayziya tomon yo'lga chiqadi.
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi qisqa yig'inni yakunlab ertaga BAA mamlakatining Dubay shahriga uchadi. Delegaciya bu erda bir kun qolib Malayziya tomon uchadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston 23 mart kuni Malayziyada Suriya termasiga qarshi
bahs olib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Suriya 5 ochko to'plagan holda to'rtinchi o'rinni band qilib turibdi.
Fikrlar