So’nggi yangiliklar

07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  0 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  11 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  95 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  7 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  12

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axboroti

Teglar :  Prezident
Aziz vatandoshlar,

Yuragimizda chuqur qayg'u bilan barchamiz uchun qadrli bo'lgan Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov vafot etganini malum qilamiz. Islom Abdug'anievich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o'zgarishlarga va poliorgan etishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi. 

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi. Islom Karimovning qatiyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o'z taraqqiyot yo'lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g'oyat murakkab va masuliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko'rmasdan eson-omon o'tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog'liq. 
Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo'lboshchisi Islom Abdug'anievich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi. 

Barchamiz uchun qadrli bo'lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko'ra, Islom Karimov shu yil 3 sentyabrda ota-onasi mangu qo'nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi. 

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida bo'lib o'tadi. 

Biz barchamiz uchun o'ta og'ir judolik munosabati bilan marhumning oila azolari va butun O'zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz. 

O'zbekiston Respublikasi                                                              O'zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi                                                                                      Vazirlar Mahkamasi


Reyting: +162   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика