So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

OFK prezidenti Parij Olimpiadasida Osiyo nomidan ishtirok etuvchi terma jamoalar va musobaqa rasmiylariga tabrik yo'lladi Yangiliklar

OFK prezidenti Parij Olimpiadasida Osiyo nomidan ishtirok etuvchi terma jamoalar va musobaqa rasmiylariga tabrik yo'lladi

SHayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa Parij Olimpiadasidan oldin qita vakillariga murojaat qildi.

OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi terma jamoalar va musobaqa rasmiylariga tabrik yo'lladi

“Osiyo terma jamoalari dunyoning eng katta maydonlarida tarix yaratishda davom etishadi va ishonchim komilki, bizning ayollar va erkaklar terma jamoalarimiz hamda musobaqada ishtirok etuvchi barcha rasmiylarimiz bizning faxrli merosimizni xalqaro maydonda davom ettiradilar. Osiyo futbol oilasi men bilan birga. Futbolchilar va barcha uchrashuv rasmiylari buyuk qitamiz bo'ylab kelajak avlodlarni ilhomlantiradigan soniyalarni o'tkazishlariga ishonaman”, dedi SHayx Salmon.

Parij-2024 o'yinlarining ochilish uchrashuvida “C” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs “Park de Prens” stadionida o'tkaziladi. Timur Kapadze boshqaruvidagi jamoamiz, shuningdek, 27-iyul kuni Misr va 30-iyul kuni Dominikan Respublikasi bilan “hisob-kitob” qiladi.

Osiyo kubogida g'olib bo'lgan Yaponiya “D” guruhidan, qita turnirida 3-o'rinni egallagan Iroq esa “A” guruhidan o'rin olgan.

Ayollar futboli bahslarida esa Osiyo qitasi vakili Yaponiya “A” guruhida, Avstraliya esa “B” guruhida bahs olib boradi.

SHu bilan birga, Yoshimi Yamashita (Yaponiya), Kim YU-CHjon (Koreya Respublikasi), Adel Alnaqbi (BAA) hamda Ilgiz Tantashev (O'zbekiston), ayollar futboli bahslarida esa Keyt Yatsevich (Avstraliya), Sivakorn Pu-Udom (Tailand), Xamis Al Marri (Qatar), Veronika Bernatskaya (Qirg'iz Respublikasi) boshchiligidagi hakamlar brigadasi uchrashuvlarni boshqarib boradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика