So’nggi yangiliklar

17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  1 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9

O'zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi Yangiliklar

O'zbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

"O'zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ–262-son, 21.08.2025 y.) qabul qilindi.

Mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini ko'paytirish orqali futbol bilan muntazam shug'ullanuvchilar sonini oshirish;

- iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini to'liq raqamlashtirish.

Qarorga ko'ra, "Milliy futbol elektron platformasi" axborot tizimi yaratiladi.

2026 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining o'quv mashg'ulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar selekciyasi hamda tibbiy va jismoniy ko'rsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

2026 yil 1 martdan futbol o'yinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikaciya qilish hamda matricali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qo'llashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

"Legionerlar klubi" faoliyati yo'lga qo'yiladi

Qarorga ko'ra, Milliy futbol markazida quyidagilar tashkil etiladi:

- iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash bo'yicha Raqamli futbol situacion markazi;

- futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun VAR markazi;

- axborot tizimidagi malumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazi.

Shuningdek, O'zbekiston futbol associaciyasi huzurida “Legionerlar klubi” faoliyati yo'lga qo'yiladi.

“Legionerlar klubi”ga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) o'zbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика