So’nggi yangiliklar

12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  0 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  6 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  12 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67

Prezident SHavkat Mirziyoev Toshkent shahar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi Yangiliklar

Prezident SHavkat Mirziyoev Toshkent shahar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Dilbog' mahallasida bo'lib, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.

Mahallada 5 ming 200 nafardan ortiq aholi yashaydi. 26 ta ko'p qavatli uy, maktab va bog'chalar, savdo shoxobchalari  atrofi obod qilingan.

Yurtimizda har bir mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib rivojlantirilmoqda. Dilbog'liklar asosan tadbirkorlik va hunarmandlik bilan shug'ullanadi. 15 ta savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchasi, bitta ishlab chiqarish korxonasi, talim muassasalarida aholi doimiy ish bilan band.

O'tgan yili aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 13 ta loyihaga kredit ajratilgan. 300 ga yaqin fuqaro yangi ishga joylashtirilgan. Yoshlarni kasbga o'rgatish uchun monomarkaz tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari mahalladagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirdi.

O'zbekiston Futbol associaciyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan. Zamonaviy majmuada yopiq va ochiq sport maydonlari, nazariy mashg'ulot xonalari, yotoqxona, oshxona va kutubxona mavjud. Hozir bu erda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan 154 nafar bola saboq olmoqda. Mashg'ulotlarga chet ellik mutaxassislar ham jalb qilingan. Stadionlar yoritish va tasvirga olish qurilmalari bilan jihozlangan.

Prezident akademiya tarbiyalanuvchilari va sport sohasi masullari bilan suhbatlashdi.

– Futbol bo'yicha qarorlarimiz, iqtidorli bolalarga etibor berganimiz tufayli o'zbek futboli ham jahonga chiqa boshladi. Evropa jamoalarida legionerlarimiz ko'payyapti. Yoshlarimiz Olimpiadaga yo'llanma oldi. Bu davomiy bo'lishi uchun endi mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak. Qo'shimcha stadionlar qurib, uning ommaviyligini qo'llab-quvvatlash zarur, – dedi SHavkat Mirziyoev.

SHu mahalladagi suv sporti saroyining tamiri ham ko'zdan kechirildi. Uni davlat-xususiy sheriklik asosida barqaror ishlatish bo'yicha ko'rsatma berildi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика