So’nggi yangiliklar

15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  0 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1

O'zbekiston OTJ Osiyo chempionatiga ketish oldidan Toshkentda so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ Osiyo chempionatiga ketish oldidan Toshkentda so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi

Bugun 1 yanvar kuni O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Qatarda bo'lib o'tadigan U23 Osiyo chempionatiga ketish oldidan Toshkentda mashg'ulot o'tkazdi.

Bugun jamoa azolari "City Palace" mehmonxonasida yig'ilishdi. Soat 12:30da "Jar" stadionida mashg'ulot bo'lib o'tdi. Unda Osiyo chempionatiga boradigan barcha futbolchilar ishtirok etishdi.

23 nafar futbolchidan iborat O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2016 yilning 2 yanvar kuni navbatdagi yig'inda ishtirok etish uchun Dubayga jo'nab ketadi. Dubay yig'ini tugagach, delegaciya yanvarda Qatarga yo'l oladi.

O'zbekiston terma jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo chempionatida “S” guruhidan Iroq, Janubiy Koreya va Yaman terma jamoalari bilan joy egallagan. 12 yanvarda start oladigan Osiyo chempionatini o'zbekistonlik olimpiyachilar 13 yanvarda Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydilar. So'ngra 16 yanvarda Iroq bilan, 19 yanvarda esa Yaman bilan o'ynaydilar.

Ushbu Osiyo chempionati Braziliyada bo'lib o'tadigan yozgi olimpiada o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnir hisoblanib, unda Osiyoning 3 ta jamoasi, ikki finalchi va 3-o'rin uchun uchrashuv g'olibi mavjud 3 ta yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Quyida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan 23 futbolchidan iborat tarkibini keltirib o'tamiz.


#        
Ism-familiyasi Tug'ilgan sanasi       
Ampluasi Klubi
1 Abdumavlon Abduljalilov          
22.12.94 Darvozabon “Neftchi”
Javohir Ilyosov 06.02.94 Darvozabon “Mashal”
Asilbek Omonov 01.09.93 Darvozabon “Qo'qon-1912”
Sardor Rahmonov 09.07.94 Himoyachi “Neftchi”
 Abdulloh Olimov 11.02.93 Himoyachi “Paxtakor”
Maksimilyan Fomin 21.09.93 Himoyachi “Buxoro”
Javlon Mirabdullaev 19.03.94 Himoyachi “Metallurg”
Muxsinjon Ubaydullaev 15.07.94 Himoyachi “Paxtakor”
Akromjon Komilov 14.03.96 Himoyachi “Bunyodkor”
10  Doston Tursunov 13.06.95 Himoyachi “Neftchi”
11  Jamshid Boltaboev 03.10.96 Himoyachi “Paxtakor”
12  Vladimir Kozak 12.06.93 Himoyachi “Paxtakor”
13  Javohir Sohibov 01.03.95 Yarim himoyachi        
“Paxtakor”
14  Otabek SHukurov 22.06.96 Yarim himoyachi “Bunyodkor”
15  Doston Hamdamov 24.07.96 Yarim himoyachi “Bunyodkor”
16  Jaloliddin Masharipov 01.09.93 Yarim himoyachi “Paxtakor”
17  Timur Hakimov 23.08.94 Yarim himoyachi “Oq-tepa”
18  Jamshid Iskanderov 16.10.93 Yarim himoyachi “Paxtakor”
19  Ikromjon Alibaev 09.01.94 Yarim himoyachi “Lokomotiv”
20  Husniddin Gafurov 29.07.94 Yarim himoyachi “Yavor”(Serbiya)  
21  Igor Sergeev 30.04.93 Hujumchi “Paxtakor”
22  Eldor SHomurodov 29.06.95 Hujumchi “Bunyodkor”
23  Jasurbek Hakimov 24.05.94 Hujumchi “So'g'diyona”

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика