O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarusni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi
31 avg 2021 00:38
Yangiliklar
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Belarusni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi
O'yinning 23-daqiqasida Murodjon Komilov jamoamizni oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o'tib, vakillarimiz 2-golni ham kiritishga muvaffaq bo'lishgandi, biroq CHul Danila va Mokin Markning gollari evaziga birinchi bo'lim durang bilan yakunlandi, 2-2. Uchrashuvning 64-daqiqasiga kelib, darvozamiz tomon belgilangan penalti gol bilan tugadi. SHundan bir muddat o'tib, Iskandar Soliev muvozanatni tikladi, 3-3. O'yinning asosiy taymlarida g'olib nomi aniqlanmadi. Futbolchilarimizning ishonchli va aniq harakatlari sabab penaltilar seriyasida Belarus 2:4 hisobida taslim etildi.
“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri
"B" guruhi | 4-tur
Belarus - O'zbekiston 3:3 (penaltilar seriyasi - 2:4)
Gollar: Murodjon Komilov (23), Muhammadali Zohidov (28), CHul Danila (35), Mokin Mark (43), Tsimofey Martinov (penalti) (64), Iskandar Soliev (76).
Fikrlar