So’nggi yangiliklar

14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  2 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5

O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in boshladi + Anvar G'ofurov bilan intervyu Yangiliklar

O'zbekiston MTJ Toshkentda yig'in boshladi + Anvar G'ofurov bilan intervyu

Bugun, 22 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'inni boshladi.

Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi terma jamoasi kunning ikkinchi yarmida "Paxtakor" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

"SHarja" safida to'p tepayotgan futbolchimiz Otabek SHukurov bugun yurtimizga etib keldi va ertadan mashg'ulotlarga qo'shiladi. SHuningdek, Toshkentning "Lokomotiv" klubi azosi Javohir Sidiqov MTJ yig'iniga jalb etildi.

Dastlabki kungi mashg'ulotlardan videolavha va murabbiylar shtabida ish boshlagan Anvar G'ofurov bilan intervyuni tomosha qiling: 


 


 

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati: 

Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Javohir Ilyosov ("Lokomotiv")

Himoyachilar: Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Paxtakor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Islom To'xtaxo'jaev ("Qizilqum"), Azimjon Ahmedov ("Navbahor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Iskandar SHaykulov ("So'g'diyona").

Yarim himoyachilar: Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("SHabab Al Ahli", BAA), Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Jaloliddin Masharipov ("SHabab Al Ahli", BAA), Humoyunmirzo Iminov ("Paxtakor"), Sanjar SHoahmedov (AGMK), Sardor Rashidov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Xatta", BAA), Oston O'runov ("Ufa", Rossiya), Javohir Qahramonov ("So'g'diyona"), Javohir Sidiqov ("Lokomotiv").

Hujumchilar: Eldor SHomurodov ("Jenoa", Italiya), SHahzodbek Ubaydullaev ("SHaxtyor Soligorsk", Belarus, Igor Sergeev ("Aktobe", Qozog'iston).

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlari doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. 26 mart kuni Namanganda Gana B terma jamoasi mehmon bo'lsa, 29 mart kuni Toshkentda Iroqqa qarshi bahs bo'ladi. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика