MTJda navbatdagi yo'qotish: Hojiakbar Alijonov ham O'zbekistonda qoladi
11 noy 2021 20:18
Yangiliklar
MTJda navbatdagi yo'qotish: Hojiakbar Alijonov ham O'zbekistonda qoladi
Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz bugun safar oldidan so'nggi mashg'ulotini olib bordi. Malum bo'lishicha, Hojiakbar Alijonov jarohat olgan va u ham Gruziyaga bormasligi aniq bo'lib ulgurgan. Bu haqda biroz oldin O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
"O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Hojiakbar Alijonov jarohat sababli Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuborishi malum bo'ldi", – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Rustam Ashurmatov viza bilan bog'liq muammo sabab safarga bora olmasligi oydinlashgan bo'lsa, SHahboz Umarov koronavirusga chalingani bois yig'inga kela olmagandi. Keyin esa himoyachi Dostonbek Tursunov va hujumchi Jasur Yaxshiboev jarohat tufayli Gruziyaga uchmasligi aytilgandi.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi Gruziyaga 12 noyabr kuni Qozog'iston orqali yo'l oladi.
Fikrlar