O'zbekiston MTJ 18–24 fevral kunlari Dubayda yig'in o'tkazadi
03 fev 2020 11:55
Yangiliklar


O'zbekiston MTJ 18–24 fevral kunlari Dubayda yig'in o'tkazadi
Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi "D" guruhida O'zbekiston milliy terma jamoasi 5ta uchrashuvdan so'ng 9 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 1-pog'onasini egallab turganidan xabaringiz bor.
2020-yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3ta juda muhim o'yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31-mart kuni Yaman mehmoni bo'lishadi.
Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik olib borish maqsadida terma jamoamiz fevral oyida BAAda yig'in o'tkazishi haqida oldinroq malumot bergan edik.
Rasman: O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Evropa jamoasi bilan o'ynaydi
Bosh jamoamiz 18-24 fevral kunlari Dubayda yig'in tashkil etadi. Mazkur yig'in doirasida Belarus terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. O'yin 23 fevral kuni Dubayda bo'lib o'tadi.
Jahon chempionati-2022 saralashi Osiyo qitasi 2-bosqichi, guruhlardagi vaziyatlar >>>>> JCH-2022 saralashi
O’xshash yangiliklar
07:26
JCH-2026 saralash. Mundial yo'llanmasini hal qilgan terma jamoamiz bugun Qatarni mehmon qiladi 8
21:27
O'rtoqlik uchrashuvi. U23 O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasini mag'lubiyatga uchratdi 1
20:37
O'zbekiston terma jamoasining Qatar bilan bellashuvdan oldingi rasmiy mashg'ulotidan GALEREYA 19

Fikrlar