So’nggi yangiliklar

22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  3 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  7 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  4 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3

O'zbekiston MTJ 15 yillik tanaffusdan keyin Qozog'iston bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ 15 yillik tanaffusdan keyin Qozog'iston bilan o'ynaydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 16 noyabr kuni Toshkentda Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda championat.asia sayti xabar berdi.

Bugungi kunda Qozog'iston terma jamoasini rossiyalik mutaxassis Magomed Adiev boshqarib bormoqda. Adiev faoliyati davomida "Anji", "Ahmat", "CHayka", "SHaxtyor" (Qozog'iston) kabi klublarda ishlagan. 

Qo'shnilarimiz FIFA reytingida 113-o'rinda borishmoqda.

Bugungi kunda Qozog'iston terma jamoasida Baxtiyor Zaynutdinov (CSKA, Rossiya), Yuriy Logvinenko ("Aktobe"), Islombek Kuat ("Astana"), Yan Vorogovski ("Molenbik Bryussel", Belgiya) va Sergey Maliy ("Tobol") kabi mashhur futbolchilar bor.


Qozog'iston 2022 yilda 8ta o'yin o'tkazdi va 6tasida g'olib bo'ldi va 2 marta mag'lub bo'ldi. UEFA Millatlar ligasining "C" ligasida qatnashgan Qozog'iston Ozarbayjon, Slovakiya va Belarus o'rin olgan guruhda 13 ochko to'pladi va birinchi o'rin bilan "B" ligasiga ko'tarildi.


Qozog'istonning 2022 yildagi barcha o'yinlari:  
24 mart Moldova - Qozog'iston 1:2
29 mart Qozog'iston - Moldova 0:1 (penaltilar seriyasi: 5:4)
3 iyun Qozog'iston - Ozarbayjon 2:0
6 iyun Slovakiya - Qozog'iston 0:1
10 iyun Belarus - Qozog'iston 1:1
13 iyun Qozog'iston - Slovakiya 2:1
22 sentyabr Qozog'iston - Belarus 2:1
25 sentyabr Ozarbayjon - Qozog'iston 3:0


O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari bugunga qadar o'zaro 6 marta o'yin o'tkazishgan. Ikki marta O'zbekiston, bir marta Qozog'iston g'olib bo'lgan. 3 marta tomonlar durang qayd etishgan.

So'nggi marta bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv 2007 yilda bo'lib o'tgan. "Alma TV" kubogi doirasida o'tgan bahs janjallar bilan yodda qolgan va 1:1 hisobi qayd etilgan. O'shanda vakillarimiz bosh hakamning qarorlaridan norozi bo'lishgan va yakunda Anvar Soliev qizil kartochka olib maydonni tark etgan.


Ikkala jamoa o'rtasidagi barcha o'yinlar:

16.07.1992 Qozog'iston - O'zbekiston 1:0
14.10.1992 O'zbekiston - Qozog'iston 1:1
13.04.1994 O'zbekiston - Qozog'iston 1:0
20.09.1997 Qozog'iston - O'zbekiston 1:1
25.10.1997 O'zbekiston - Qozog'iston 4:0
11.03.2007 Qozog'iston - O'zbekiston 1:1



Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика