O'zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini boshlandi
27 avg 2015 21:01
Yangiliklar


O'zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini boshlandi
Yig'inga 30 nafar futbolchi jalb etilgan. Biroq yig'inning dastlabki kunida barcha legioner futbolchilar ham qatnasha olmadi. Xorijda faoliyat yuritayotganlardan faqat Qozog'iztonning "Ordabasi" klubi azosi Aleksandr Geynrix va Xitoyning "CHangchun Yatay" jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov etib keldi.
Yig'inning dastlabki kunidagi mashg'ulotlarning ilk 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi terma jamoa ushbu murabbiyning mamlakat bosh jamoasi bilan ilk rasmiy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. Babayanning terma jamoa murabbiyi sifatida ilk rasmiy o'yini 3 sentyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 3-tur o'yinlari doirasida O'zbekiston Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar