

Rossiyada bo'lib o'tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati ishtirokchisi bo'lgan Eron bilan bo'ladigan o'yin navbatdagi katta musobaqalar oldidan futbolchilarimiz uchun tajriba maktabi vazifasini o'tab berishi aniq.
Ushbu o'yinda O'zbekiston milliy terma jamoasiga legioner futbolchilar jalb etilmaydi va asosan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi mumkin bo'lgan yosh futbolchilar xizmatidan foydalaniladi.
Quyida O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi vazifasini vaqtincha bajarib turgan Temur Kapadze Eron bilan bo'ladigan o'yinga tanlab olgan futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon – Nasaf
Ergashev Botirali – Navbahor
Davronov Rahimjon – Mashal
Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon – Bunyodkor
Qobilov Islomjon – Bunyodkor
Komilov Akramjon – Bunyodkor
Tursunov Doston – Neftchi
Alijonov Hojiakbar – Paxtakor
Otaxonov Abbosjon – Metallurg
Narzullaev Doniyor – Nasaf
Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon – Nasaf
G'aniev Azizjon – Nasaf
Sidiqov Javohir – Qo'qon 1912
Turg'unboev Azizbek – Navbahor
Yaxshiboev Jasur – Paxtakor
Masharipov Jaloliddin – Paxtakor
Kenjaboev Islom – Nasaf
G'iyosov Xurshid – Bunyodkor
Sobirxo'jaev Sardor – Bunyodkor
Hujumchilar:
O'rinboev Zabihillo – Metallurg
Sidorov Andrey – Qizilqum



