

Bugungi mashg'ulotlarda barcha futbolchilar umumiy guruhda qatnashdi. Ektor Kuper asosan tezlikni oshirish va diqqat-e'tiborni jamlashga qaratilgan mashg'ulotlarga urg'u berdi.
Futbolchilar ikki guruhga bo'lingan holda, yerdagi fishkani kim birinchi bo'lib olish, tayoqchalarni qo'yib yuborib, keyin erga tushguncha ilib olish mashqlarini o'tkazishdi.
So'ngra ikki guruhga bo'lingan holda futbol o'ynashdi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov alohida mashq olib bordi.
Ertaga Yaponiyaga qarshi o'yinoldi rasmiy mashg'uloti bo'lib o'tadi.










