O'zbekiston milliy terma jamoasidagi koronavirus bilan bog'liq vaziyat bo'yicha malumot
29 jan 2022 14:21
Yangiliklar
O'zbekiston milliy terma jamoasidagi koronavirus bilan bog'liq vaziyat bo'yicha malumot
Avval xabar berilganidek, terma jamoa azolari Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Odiljon Hamrobekovda COVID-19 infekciyasi aniqlangan edi.
Kuni kecha futbolchilar qayta test topshirishdi. Quvonarlisi, ularning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi. SHifokorlar ko'rigidan so'ng, karantindan chiqishga va mashg'ulotlarni davom ettirishga ruhsat berildi.
SHuningdek, delegaciyaning qolgan azolari ham navbatdagi PCR testlarini topshirdilar. Unga ko'ra, o'yinchi Abubakr Rizo Turdialievning test natijasi musbat ko'rsatdi. SHuni takidlash kerakki, ayni paytda futbolchi o'zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko'zga tashlanmayapti. SHu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin o'tamoqda.
Fikrlar