So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  10 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  10 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi birinchi darvozabon Anvar Jabborov 57 yoshda Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi birinchi darvozabon Anvar Jabborov 57 yoshda

Bugun "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasida darvozbonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali mutaxassis Anvar Jabborov tavallud kunini nishonlamoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushgan birinchi darvozabon sifatida tarixga kirgan Anvar Jabborov bugun 57yoshni qarshi olmoqda.

Bolalikdan millionlar o'yiniga oshno bo'lgan Anvar Jabborov darvozabon sifatida ilk bor 18 yoshida ko'zga tashlana boshlandi. O'sha paytda u mamlakatning o'rtamiyona jamoalaridan biri, SSSR Birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Zarafshon" jamoasi safiga borib qo'shiladi. Tajriba va mahoratini oshirish maqsadida keyingi yillarni "Kosonsoy", "Yoshlik" jamoalarida o'tkazdi. Uni "Paxtakor"ga taklif etilishi bevosita "Nurafshon"dagi o'yinlariga bog'liq edi. Aynan Buxorodagi barqaror o'yinlari sabab Anvar Jabborov "Paxtakor"ga ko'chib o'tadi. 1992 yilda esa ilk bor tashkil etilgan O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida Tojikistonga qarshi uchrashuvda debyut qilib tarix zarvaraqlaridan joy olgandi. "Paxtakor"dagi uch yillik faoliyati mobaynida jamoaning asosiy kiperiga aylandi va qariyb barcha uchrashuvlarda asosiy darvozabon sifatida harakat qildi. Faoliyati davomida O'zbekistonning "Navbahor", "Navro'z", "Progress", "Sug'diyona", "Mashal" jamoalari darvozasini qo'riqladi. 2000 yilgi mavsum avvalida u Hindistonning "Vasko Sports Klab" jamoasiga yo'l oldi va bir mavsum legioner sifatida to'p tepdi."Qizilqum" jamoasida o'tkazgan oxirgi mavsumidan so'ng qo'lqoplarini mixga ilishga qaror qildi. Murabbiylikka qadam qo'ygan qahramonimiz shu vaqtga qadar "Mashal" va "Bunyodkor" akademiyalarida, "Navbahor" jamoasida, O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida darvozabonlarni tayyorlashda jonbozlik ko'rsatgan.

 Mazkur murabbiy bir necha oy oldin saytimiz mehmoni sifatida intervyu bergani yodingizda bo'lsa kerak. Ushbu suhbat davomida Anvar Jabborov terma jamoa ilk marotaba yig'ilgan davrlarni ham yodga olgandi. 

"Meni ilk bor terma jamoaga Rustam Akramov taklif qilgandi. O'sha paytda "Paxtakor" jamoasida to'p tepardim. Adashmasam, Markaziy Osiyo kubogi turnirida biz ham ishtirok etganmiz. Ilk rasmiy o'yinni esa ushbu musobaqa doirasida Tojikiston terma jamoasiga qarshi o'tkazaganmiz. 2:2 hisobida durang natija qayd etganmiz. Gollarni ikkalasini ham Rustam Abdullaev urgandi. U futbolchilik faoliyati davomida mahoratli hujumchilardan biri bo'lgan. Mustaqillikdan keyingi birinchi uchrashuv bo'lgani uchun qiyinchilik tug'dirgan. Buni tan olaman. O'z o'rnida ustozim Rustam Akramovga rahmat aytib qolaman. Birinchi darvozabon sifatida tarixda qolishimga ular sababchilar. Birinchi yig'ilgan jamoada o'z davrining eng kuchli futbolchilari bor edi. Gennadiy Denisov, Valeriy Kechinov, Andrey Pyatnickiy va boshqalar. Keyinchalik ularni aksariyati xorijga ketishdi. Men bilan birga Tojikiston bilan o'yinga Pavel Bugalo ham taklif etilgandi",- deya xotirlaydi qahramonimiz. 

Anvar Ro'zievch murabbiylikdagi uslubi va mashg'ulotlarda nimalarga ko'proq etibor qaratishini ham aytib o'tgandi.

"Haqiqiy proffessional darvozabon o'z ishiga doim vijdonan yondashishi lozim. U uyda ham, televizorda ham ko'rib, mustaqil o'z ustida ishlab, yuqori saviyadagi darvozabonlardan o'rnak olishi shart. SHaxsan o'zim 1978, 1982 yilgi Jahon chempionatlarini ko'rib dunyo yulduzlarini o'yinlaridan andoza olganman. Meni fikrimcha darvozabon maydonga chiqqanidan so'ng ko'zi yonib turishi kerak. Ko'zi chaqnab tetik bo'lsa o'yinda o'zini yo'qotib qo'ymaydi. U qanday holatda bo'lishidan qatiy nazar mashg'ulotda astoydil mehnat qilsa samarasini o'yinda ko'radi. Men har bir mashg'ulot boshlanishidan oldin shogirdlarimni ko'ziga qarayman. U uhlayaptimi yoki nimanidir o'ylayaptimi, muammolari bormi qiziqib so'rayman. Bo'lmasa maydonda hayoli boshqa joyda bo'ladi. Uni fikrini jamlash uchun obdon suhbatlashaman".

Saytimiz xodimlari nomidan Anvar Jabborovga sog'lik va salomatlik, uzoq umr, murabbiylik faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz. 


Abdulaziz Iskandarov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика