O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida Toshkentda SHimoliy Koreyaga qarshi o'ynaydi
08 may 2019 10:16
Yangiliklar


O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida Toshkentda SHimoliy Koreyaga qarshi o'ynaydi
O'zbekiston futbol associaciyasi O'zbekiston milliy terma jamoasiga FIFA kunlarida kuchli sparring-raqiblar topish uchun ko'plab terma jamoalar bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berib o'tgandik.
Muzokaralar natijasiga ko'ra Koreya Xalq Demokratik Respublikasi terma jamoasi bilan kelishuvga erishildi. Joriy yilning 7 iyun kuni SHimoliy Koreya terma jamoasi poytaxtimizda mehmon bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidan boshlab 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar