So’nggi yangiliklar

21:20Рэшфорд учун мавсум якунига етди  0 21:00Суперлига. ОКМК мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  15 19:49"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  5 19:20Ван Дейк Слотнинг "Ливерпул"даги ишини юқори баҳолади  0 18:47Гринвуд Дрогбанинг натижасини такрорлади  2 18:21"Реал"га "Бавария" вингерининг хизматлари таклиф этилди  3 17:58"Андижон" ва "Навбаҳор" стадионларига томошабинларнинг киришига қисман тақиқ қўйилди, Бошкович, Алибоев ва Адҳамзодага жарима солинди  25 17:10Хуммельс Италия ва Германиядаги футбол услубини солиштирди  1 16:42Аббос Файзуллаев ўйинидаги пасайиш юзасидан тушунтириш берди  8 16:15Санчонинг "Челси"даги тақдири маълум бўлди  0 15:53Ўзбекистоннинг энг кучли кўча футболи жамоаси аниқланди. Бу жамоа энди Австрияга боради  1 15:37"Фантастик жамоа". Пеп Гвардиола "Ливерпул"ни чемпионлик билан табриклади  5 15:10Ғузордаги стадионга катта футбол қайтади  3 14:46Ўзбекистон Кубоги 2-тур учрашувларида ишловчи ҳакамлар маълум  0 14:26Арне Слот дебют мавсумидаёқ "Ливерпуль" билан АПЛни ютди. Яна кимлар бундай натижага эришган?  6

"Andijon" va "Navbahor" stadionlariga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo'yildi, Boshkovich, Aliboev va Adhamzodaga jarima solindi Yangiliklar

"Andijon" va "Navbahor" stadionlariga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo'yildi, Boshkovich, Aliboev va Adhamzodaga jarima solindi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi. 

Superliga

“Andijon” — “Surxon” / “Andijon” — “Dinamo”

O'zbekiston kubogi 1-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvi davomida muxlislar tomonidan har xil jismlar va elim idishlar maydonga uloqtirilgan holatlar qayd etilgan.

Шuningdek, Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Andijon” — “Dinamo” uchrashuvi davomida muxlislar tartibsizliklar kelitirib chiqarib, maydonga turli xil jismlar uloqtirishgan va o'yinning 88-daqiqasida muxlislar uloqtirgan jism yordamchi hakamning boshiga tegib, unga tan jarohati etkazgani qayd etilgan.

O'zaro muhokamalardan so'ng “Andijon” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo'yish hamda jarima intizom choralarini qo'llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Andijon” klubining uy uchrashuvini to'liq tomoshabinlarsiz o'tkazish intizom chorasini qo'llash to'g'risida ogohlantirish berilishi belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Andijon” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida “Bobur arena” stadionining 1, 1A, 2, 3, 4, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 30, 31, 32-sektorlari, shuningdek, VIP tribuna ostidagi o'rindiqlarga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yildi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlari”  — “Шo'rtan”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari”  — “Шo'rtan” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi o'yinni tashkil etishda ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygan, jumladan klub matbuot xizmati sust faoliyat olib borayotgani fotograflar uchun ajratilgan hududda tegishli akkreditaciyaga ega bo'lmagan begona shaxslar aniqlangan hamda ularning ayrimlarida boshqa musobaqalar uchun berilgan akkreditaciyalar, shuningdek, Ligaga umuman aloqasi bo'lmagan boshqa turdagi ruxsatnomalar mavjud bo'lgan. Qo'shimchasiga, texnik hududda tegishli ruxsatnomasiz bir qator shaxslar bemalol harakat qilayotgan bo'lsa-da, xavfsizlik oficeri bu masalani tartibga solmagan, tibbiyot zambili uchun belgilangan xodimlarning etarli darajada bo'lmagani kabi kamchiliklar aniqlangan.

Шuningdek, klub nomidan biror bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi belgilangan bo'lsa-da, stadionga tashrif buyurgan muxlislar mezbon “Navbahor lochinlari” jamoasi vakillari golni nishonlayotgan vaqtda maydonga turli jismlar, suv to'ldirilgan idishlar, toshlar, qattiq jismlar, mobil telefon quvvatlagichlari uloqtirishgan, otilgan jismlar “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisiga tan jarohat etkazganligi qayd etilgan.

O'zaro muhokamalardan so'ng “Navbahor lochinlari” klubining kelgusi uy uchrashuviga stadiondagi tribunalarga tomoshabinlarning kirishiga qisman taqiq qo'yish hamda jarima intizom choralarini qo'llash lozim topildi. Bu kabi holatlar takrorlangan taqdirda “Navbahor lochinlari” klubining uy uchrashuvini to'liq tomoshabinlarsiz o'tkazish intizom chorasini qo'llash to'g'risida ogohlantirish berilishi belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Navbahor lochinlari” futbol klubining kelgusi uy uchrashuvida stadionning 2, 3, 20, 21, CIP sektorlari, shuningdek, VIP tribuna ostidagi o'rindiqlarga tomoshabinlarni kirishiga taqiq qo'yildi hamda “Navbahor lochinlari” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"Neftchi” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvidan so'ng “Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiyi Mixail Smirnov hakam shaniga nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mixail Smirnovga (Navbahor lochinlari) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Surxon” — “Qo'qon-1912”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 52-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Xusniddin G'ofurov raqib jamoa futbolchisi tirsagi bilan zarba berib, tajovuzkor harakat qilganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Xusniddin G'ofurovga (Qo'qon-1912) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 80-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Muhammadanas Xasanov raqib jamoa futbolchisining oyoq qismini bosganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Muhammadanas Xasanovga (Qo'qon-1912) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Bunyodkor” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 76-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov raqib jamoa futbolchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Temurxo'ja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Nasaf” — “Surxon”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf” — “Surxon” uchrashuvining 61-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Oybek Bozorov to'p yo'q vaziyatda raqib jamoa futbolchisining bosh qismiga zarba berganligi uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Oybek Bozorovga (Nasaf) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Qo'qon-1912”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 40-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Iqboljon Malikjonov oyog'i bilan raqib jamoa o'yinchisining oyog'iga tajovuzkorona zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Iqboljon Malikjonovga (Qo'qon-1912) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


OKMK — “So'g'diyona”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK — “So'g'diyona” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “So'g'diyona” jamoasi futbolchisi Ehsoni Panshanbe o'z texnik zonasida turib hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ehsoni Panshanbega (So'g'diyona) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“So'g'diyona” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “So'g'diyona” — “Paxtakor” uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo'lsa-da, “So'g'diyona” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishdagi ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygani, jumladan, xavfsizlik choralariga amal qilinmaganligi, uchrashuvning 80-daqiqasida tribunadan ikki muxlis tushib kelib, uchrashuvni maydonga yaqin joydan tomosha qilganligi, licenziyasiz shaxslarning texnik zonada yurganligi, uchrashuvdan so'ng ham ikki muxlisning maydonga yugurib tushishi, zambil va zambil ko'taruvchi xodimlarning etarli darajada emasligi, zambil ko'taruvchi xodimlar uchun o'rindiqlar taqdim etilmaganligi va stadionda internet uchrashuvdan keyin ishlamaganligi kabi kamchiliklar aniqlanganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “So'g'diyona” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Шo'rtan” — “Mashal”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Шo'rtan” — “Mashal” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Шo'rtan” jamoasi futbolchisi Murodxo'ja Jabborov to'p uchun kurashda raqib jamoa futbolchisiga oyog'i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Murodxo'ja Jabborovga (Шo'rtan) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” — “So'g'diyona”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Dinamo” — “So'g'diyona” uchrashuviga tez tibbiy yordam mashinasi o'yin boshlanish vaqtidan o'n ikki daqiqa kech kelganligi va uchrashuv kech boshlanganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi” — “Paxtakor” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandiga asosan “Neftchi” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda bir qancha kamchiliklarga yo'l qo'ygan. Jumladan, uchrashuv davomida Liga komissari uchun ajratilgan xona va darvozalar ortida joylashgan fotograflar uchun ajratilgan maxsus hududda Wi-Fi internet tarmog'i ishlamagani hamda uchrashuv avvalida jamoaviy suratga tushish uchun foydalaniladigan “Artel” brendi aks etgan maxsus konstrukciyaning 2024 yilgi mavsumdagisi maydonga olib chiqilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Neftchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo'lsa-da, stadionning kirish eshigi xavfsizligi xodimlariga rasmiylar va jamoa vakillari mashinalar ro'yxati berilganiga qaramasdan, uchrashuv rasmiylari mashinasi 15 daqiqa nomalum sababga ko'ra kiritilmagani qayd etilgan. Mazkur holat bo'yicha “Surxon” klubi ushbu amaliyotni lozim darajada tashkil qilmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Dinamo” — “So'g'diyona”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Dinamo” — “So'g'diyona” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ivan Boshkovich (So'g'diyona)ga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf” uchrashuvining 61-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Sardor Qulmatov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sardor Qulmatovga (Buxoro) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — “Paxtakor”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi” — “Paxtakor” uchrashuvining 15-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Umar Adhamzoda hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Umar Adhamzodaga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Bunyodkor” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 76-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Nikoloz Mali hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nikoloz Maliga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 5-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Qizilqum” uchrashuvining 62-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Nikola Kumburovich o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nikola Kumburovichga (Qizilqum) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Gilerme Aleksander Machada Gedesh atayin vaqt cho'zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Gilerme Aleksander Machada Gedeshga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” — “Navbahor lochinlari”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 62-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ikrom Aliboev hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ikrom Aliboevga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Qo'qon-1912”

Superliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Surxon” — “Qo'qon-1912” uchrashuvining 90+6-daqiqasida “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Шahzod Beshimov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Шahzod Beshimovga (Qo'qon-1912) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” — “Nasaf”

Superliga chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” — “Nasaf” uchrashuvi davomida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 15.1-bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar hisoblanishi belgilangan bo'lsa-da, “Buxoro” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo'l qo'ygani, jumladan, tez tibbiy yordam mashinasining kech kelishi oqibatida uchrashuv 9 daqiqa kech boshlangani, Mikst zonani o'rab turadigan to'siqlarning yo'qligi, ball-boylar uchun stullar taqdim etilmaganligi, stadion zambil va zambil ko'taruvchilar bilan taminlamaganligi, uchrashuv komissari xonasida internet ishlamaganligi kabi holatlar qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Buxoro klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


O'zbekiston kubogi

“Qiziriq” — “Ishtixon”

O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasidagi “Qiziriq” — “Ishtixon” uchrashuvining 52-daqiqasida “Ishtixon” jamoasi futbolchisi Akbar Siddiqov to'p uchun kurash vaqtida jiddiy qo'pollik ishlatib, raqib jamoasi futbolchisi oyog'ining himoyalanmagan joyiga zarba berganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Akbar Siddiqovga (Ishtixon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Neftchi”

O'zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Neftchi” uchrashuvining 60-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev to'p uchun kurashda raqib jamoa darvozabonini qo'li bilan urgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ibrohimhalil Yo'ldoshevga (Neftchi) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


Pro liga

“Olimpik” — “Lokomotiv”

Proliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 52-daqiqasida “Olimpik” jamoasi futbolchisi Abubakir Rejabboev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abubakir Rejabboevga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Proliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Olimpik” jamoasi futbolchisi Jaloliddin Sodiqov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jaloliddin Sodiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Jayxun” — “Olimpik”

Proliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Jayxun” — “Olimpik” uchrashuvining 69-daqiqasida “Jayxun” jamoasi futbolchisi Baxtiyar Arazov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Baxtiyar Arazovga (Jayxun) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Aral” — “Farg'ona DU”

Proliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Farg'ona DU” uchrashuvining 38-daqiqasida “Farg'ona DU” jamoasi futbolchisi Ibodjon Abelfazov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ibodjon Abelfazovga (Farg'ona DU) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Proliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Aral” — “Farg'ona DU” uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Farg'ona DU” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lebedev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Sergey Lebedevga (Farg'ona DU) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchi liga

“Toshkent viloyati FA” — “Zamin”

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Toshkent viloyat FA” — “Zamin” uchrashuvining 33-daqiqasida “Zamin” jamoasi futbolchisi Alisher Mo'minov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olganidan so'ng, hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Alisher Mo'minovga (Zamin) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Toshkent viloyat FA” — “Zamin” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Zamin” jamoasi futbolchisi Diyorbek Tairov raqib futbolchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgan va “Toshkent viloyat FA” jamoasi futbolchisi Nozim Ahmadov raqib futbolchisi haqoratiga javoban futbolchini nomaqbul so'zlar bilan javob qaytargani uchun maydondan chetlatilgan.

Diyorbek Tairovga (Zamin) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Nozim Ahmadovga (Toshkent viloyat FA) nisbatan esa 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Toshkent viloyat FA” — “Zamin” uchrashuvi tugagandan so'ng “Zamin” jamoasi murabbiyi Jahongir Usmonov yordamchi hakam shaniga nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jahongir Usmonovga (Zamin) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.


“Kattaqo'rg'on” — “Lochin”

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” — “Lochin” uchrashuvining 58-daqiqasida “Kattaqo'rg'on” jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Aliev hakam shaniga nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ravshan Alievga (Kattaqo'rg'on) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Xorazm FA” — “Qiziriq”

Birinchi liga chempionatining 1-turi doirasidagi “Xorazm FA” — “Qiziriq” uchrashuvining 30-daqiqasida “Xorazm FA” jamoasi futbolchisi Qo'shnazar Qo'shnazarov raqib jamoa o'yinchisini nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgan, va unga javoban “Qiziriq” jamoasi futbolchisi Nizomjon Norov raqib jamoa o'yinchisiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Qo'shnazar Qo'shnazarovga (Xorazm FA) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Шuningdek, Nizomjon Norovga (Qiziriq) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro DU” — “Navoiy FA”

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Buxoro DU” — “Navoiy FA” uchrashuvining 55-daqiqasida “Buxoro DU” jamoasi futbolchisi Behruz To'raev to'p uchun kurashdan so'ng raqib futbolchisining bosh qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Behruz To'raevga (Buxoro DU) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Cementchi” — “Paxtakor farm”

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Cementchi” — “Paxtakor farm” uchrashuvining 52-daqiqasida “Cementchi” jamoasi futbolchisi Lazizxon Mo'ydinov raqib futbolchisini yuz qismiga boshi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Lazizxon Mo'ydinovga (Cementchi) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchi liga chempionatining 2-turi doirasidagi “Cementchi” — “Paxtakor farm” uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Paxtakor farm” jamoasi futbolchisi Mirsolih Fatxullaev qo'li bilan raqib futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mirsolih Fatxullaevga (Paxtakor farm) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanilsin.


U-21 chempionati

“Buxoro” U-21 — “Nasaf” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” U-21 — “Nasaf” U-21 uchrashuvining 5-daqiqasida “Buxoro” U-21 jamoasi murabbiyi Suxrob Nematov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olganidan so'ng, hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Suxrob Nematovga (Buxoro U-21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” U-21 — “Navbahor lochinlari” U-21

U-21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” U-21 — “Navbahor lochinlari” U-21 uchrashuvida “Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.11-bandida, uchrashuv qaydnomasidan Liga licenziyasiga ega bo'lgan 9 nafargacha rasmiy shaxs joy olishi uchun ruxsat etilishi hamda mazkur Reglamentning 16.10-bandida klub rasmiylari orasida Liga ro'yxatidan o'tgan klub shifokorining bo'lishi shart ekani belgilangan bo'lsa-da, “Neftchi” U-21 jamoasi uchrashuv qaydnomasiga shifokor kirgizmaganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Neftchi” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” U-21 — “Navbahor lochinlari” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Surxon” U-21 — “Navbahor lochinlari” U-21 uchrashuvining 83-daqiqasida “Navbahor lochinlari” U-21 jamoasi futbolchisi Dilshodbek Abdulxaev hakam shaniga nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Dilshodbek Abdulxaevga (Navbahor lochinlari U-21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“Qo'qon-1912” U-21 — “Buxoro” U-21

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” U-21 — “Buxoro” U-21 uchrashuvining 25-daqiqasida “Buxoro” U-21 jamoasi futbolchisi Temirbek Boltaev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Temirbek Boltaevga (Buxoro U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor” U-21 — “Andijon” U-21

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Paxtakor” U-21 — “Andijon” U-21 uchrashuvining 75-daqiqasida “Paxtakor” U-21 jamoasi futbolchisi Abdushukur Maxamatov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdushukur Maxamatovga (Paxtakor U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Nasaf” U-21 — “Surxon" U-21

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Nasaf” U-21 — “Surxon” U-21 uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Surxon” U-21 jamoasi futbolchisi Kamronbek Yusupov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Kamronbek Yusupovga (Surxon U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” U-21 — “Qo'qon-1912” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum” U-21 — “Qo'qon-1912” U-21 uchrashuvining 71-daqiqasida “Qo'qon-1912” U-21 jamoasi futbolchisi Saidislombek Pahlavonov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Saidislombek Pahlavonovga (Qo'qon-1912 U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Qizilqum” U-21 — “Qo'qon-1912” U-21 uchrashuvining 71-daqiqasida “Qo'qon-1912” U-21 jamoasi futbolchisi Mirjavlonbek Abdullaev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Mirjavlonbek Abdullaevga (Qo'qon-1912 U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” U-21 — “Paxtakor” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Neftchi” U-21 — “Paxtakor" U-21 uchrashuvining 85-daqiqasida “Neftchi” U-21 jamoasi futbolchisi Nodirbek Karimov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nodirbek Karimovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Шo'rtan” U-21 — “Mashal” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Шo'rtan U21” — “Mashal U21” uchrashuvining 40-daqiqasida “Шo'rtan U21” jamoasi futbolchisi Azizbek Rajabboqiev o'yin vaqtini cho'zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Azizbek Rajabboqievga (Шo'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Шo'rtan” U-21 — “Mashal” U-21 uchrashuvining 45+2-daqiqasida “Mashal” U-21 jamoasi futbolchisi Eshonxon Jaxbarov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Eshonxon Jaxbarovga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Шo'rtan” U-21 — “Mashal” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Шo'rtan” U-21 — “Mashal” U-21 uchrashuvining 62-daqiqasida “Mashal” U-21 jamoasi futbolchisi Abdullatif Abdallah Maga hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abdullatif Abdallah Magaga (Mashal) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Buxoro” U-21 — “Nasaf” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi “Buxoro” U-21 — “Nasaf” U-21 uchrashuvining 83-daqiqasida “Nasaf” U-21 jamoasi futbolchisi Behruz Haydarov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Behruz Haydarovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona” U-21 — “Paxtakor” U-21

U-21 chempionatining 4-turi doirasidagi “So'g'diyona” U-21 — “Paxtakor” U-21 uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Paxtakor” U-21 jamoasi bosh murabbiyi Karvalyo Lopes hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Karvalyo Lopesga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona” U-21 — “Paxtakor” U-21

U-21 chempionatining 4-turi doirasidagi “So'g'diyona” U-21 — “Paxtakor” U-21 uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Paxtakor” U-21 jamoasi futbolchisi Rasul Mamatov hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Rasul Mamatovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlari” U-21 — “Шo'rtan” U-21

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” U-21 — “Шo'rtan” U-21 uchrashuvining 58-daqiqasida “Шo'rtan” U-21 jamoasi futbolchisi Og'abek Asadov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Og'abek Asadovga (Шo'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionatining 5-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” U-21 — “Шo'rtan” U-21 uchrashuvining 60-daqiqasida “Шo'rtan” U-21 jamoasi futbolchisi Fazliddin Karomatov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Fazliddin Karomatovga (Шo'rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


OKMK U-21 — “So'g'diyona” U-21

U-21 chempionatining 6-turi doirasidagi OKMK U-21 — “So'g'diyona” U-21 uchrashuvining 90-daqiqasida OKMK U-21 jamoasi futbolchisi Behruz Islamov atayin vaqt cho'zganligi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Behruz Islamovga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionatining 4-turi doirasidagi OKMK U-21 — “Dinamo” U-21 uchrashuvining 90+2-daqiqasida OKMK U-21 jamoasi bosh murabbiyi Azam Шerg'oziev hakam qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Azam Шerg'ozievga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Neftchi” U-21 — “Navbahor” U-21

U-21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” U-21 — “Navbahor” U-21 uchrashuvining 58-daqiqasida “Navbahor” U-21 jamoasi futbolchisi Ozodbek Marupov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ozodbek Marupovga (Navbahor U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionatining 4-turi doirasidagi “Neftchi” U-21 — “Navbahor” U-21 uchrashuvining 75-daqiqasida “Neftchi” U-21 jamoasi murabbiyi G'ayrat Xasanov hakamning qaroriga etirozi uchun sariq kartochka olgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, G'ayrat Xasanovga (Neftchi U-21) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Dinamo U-19” — “Qizilqum U-19

U-19 chempionatining 1-turi doirasidagi “Dinamo” U-19 — “Qizilqum” U-19 uchrashuvining 90+4-daqiqasida “Dinamo” U-19 jamoasi futbolchisi Islom Xoldorov qo'li bilan raqib futbolchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Islom Xoldorovga (Dinamo U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


Ayollar Oliy ligasi

“So'g'diyona-W” — “Surxon-W”

Ayollar Oliy ligasi musobaqasining 4-turi doirasidagi “So'g'diyona-W” — “Surxon-W” uchrashuvining 81-daqiqasida “So'g'diyona-W” jamoasi futbolchisi Kumushoy G'ulomova hakam shaniga nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Kumushoy G'ulomovaga (So'g'diyona-W) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona-W” — “Lokomotiv-W”

Ayollar oliy liga musobaqasining 2-turi doirasidagi “So'g'diyona-W” — “Lokomotiv-W” uchrashuvining 55-daqiqasida ikki jamoa futbolchilarining o'zaro kelishmovchiligi sabab jamoalar futbolchilari katta tartibsizlik keltirib chiqargani va futbolchilarning harakatlari sportchilarga xos bo'lmaganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “So'g'diyona” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Шuningdek, “Lokomotiv” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Ayollar Birinchi ligasi

“Шo'rtan-W” — “Dinamo-W”

2025 yilning 10 aprel kuni Ayollar Birinchi ligasi musobaqasi doirasidagi “Шo'rtan-W” — “Dinamo-W” uchrashuvining 32-daqiqasida “Dinamo-W” jamoasi futbolchisi Nigina Jamolova burchak zarbasi oldidan raqib jamoasi futbolchisiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Nigina Jamolovaga (Dinamo-W) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+4   
28 apr 18:20:41
=JAGUAR=
5-6 та безори кирадида футболга қизиқмаса ҳам бориб жанжал чиқариб келади! Уларга қизиғи йўқ кейинги сафар киритадими йўқми чунки футболни умуман ахамияти йўқ! муҳими жанжал чиқариб обрў топса кифоя. Кейин бориб ўзига ўхшаганларга мақтаниб юрадилар.
+3   
28 apr 18:25:40
Ортиков. У.У
Вардеги ифлос ўртадеги ифлос қора кийим кийган нусхаларга кучи ва духи етмайдиган судяси оппоқ хато қиса кўз юмадиган 10 мингдан ортиқ мухлисларни эса сразу ва енннгил жазолайдиган театр ташкилотинга қ.....м еган пулларинг буюрмасин марказлар...динамони 22 рақамли ўйинчисига нега жазо йўқ у хам мухлисларни ўрта қўли билан ишора қилиб сўкдию..судя кўт вардеги иброхим ифлос анжан динамо ўйинини расво қигани етмагандек кейинги тур сўгдиона анжан ўйинига яна қўйилди...кароче театр ташкилотинга тупурганимизбор..Раз водий жамоалари чемпион бўлиши мумкинмас бўлса нах..кере чемпионатда ўйнаб.. Қиргиз чемпионатига ўтиш кере нефтчи навбахор Андижон ва қўқон..ўйнашаверсин водийсиз
+3   
28 apr 18:14:12
Odilbek Abdushukurov
mahkis foydalanuvchining fikriga javob berish
O'zi muxlis ko'paytirolmayotgan bir paytda bula taqiq qo'yishadi.
Hakamni boshini yorishdiyu Andijon muxlislari. Nima qilsin boshqa.
+2   
28 apr 18:53:49
Олег Шацких 11
КАРОРИНГА КОЙИЛИМ, НАВБАХОРГА НИМАГА ЧЕКЛОВ КУЯСАНЛАР УЗИ МУХЛИСЛАНИ ФУТБОЛДА КУНГЛИ КОЛИБ СЕКИН СЕКИН КАЙТИТГАН ПАЙТДА, аАЙРИМЛАРИНГНИ БУШАТИБ ЕР ЧОПТИРИШ КЕРАК.
+2   
28 apr 18:42:53
Abdullajon Sultonbekov
Иброхим Халил кизил карточка нотугри буганку Хакамга Яни Танташевга чора куриш кере
Азим Ахмедовга нега чора йук волейбол уйинни учун....
+2   
28 apr 18:12:56
Сардорбек Хамидов
Динамонинг но профессиональ футболчисига жазо кани? Лекин нарса улоктириш хам яхшимас улар топилиб жазосини олишяпти уларга провокация килганлар хам жазодан кутилиб колиши керакмас адолат булиши керак!
+2   
28 apr 18:07:26
Paziljanov M
Dinamoni it emgan provakator o‘yinchisiga nimaga xech qanaqa chora yo‘q?! Xatto o‘yin komissariga po‘pisa qildiyu!
+1   
28 apr 20:14:32
ArsaBarsa
1. Bozorov 2 ta o’yinda o’ynamadi kech esa maydonga tushdi. Ertachiroq emas endi e’lon qilinadimi? Buncha sekin ishlaydi bular.
2. Hakam sariq bersa rahmat degan futbolchi bormikin? E’tiroz bildiriladida. Yevropada ham indamay ketmaydiku.
3. Nasaf muxlisi bo’lsamda Buxoroga berilgan penalti yo’q edi. O’sha vaziyatda hakam sariq berdi. Endi o’sha futbolchi jarimaga ham tortildi. Penalti ham berildi. Uchta jazo kerakmi? Hakamni penaltisi xato deb aytildiku hakamlar qo’mitasi tomondan. Sariq va jarimani bekor qilsa bo’lmaydimi?
4. Juda tushunarsiz ishlar. 2 turdan keyin e’lon qilishadi.
+1   
28 apr 19:52:28
Ziyod Pazilov
Ertaga xudo xoxlasa sizlarni xam farzandlarilar kim bolasi deganda asl yuzilarni aytib odamlar bu palonchini bolasi deganda otasidan nafratlanadigan Farzandlar bólishadi
+1   
28 apr 19:50:46
Ziyod Pazilov
Andijondan bironta duxavoy chiqmas ekan bu PFL ga bular xoxlaganini qiladi nega endi aynan muxlislar bu muxlislarni jumbushga kelishiga nima sabab bólganini xich ôylab kôrdilarmi
+1   
28 apr 19:37:42
Мирзохон
ПФЛ ўзини ишлаётган қилиб кўрсатиш учун фақат ва фақат жарима қўллаб пул йиғади, лекин клубларга шароит қилиш, сифатли ҳакамликни таъминлаш ҳақида гапирсанг бизни ВАКОЛАТИМИЗДА йўқ деб тураверади. Ўзи шу ташкилот не керак, ҳеч тушунмайман.
+1   
28 apr 19:32:54
Дани Курбанов
Олга далбаëблар! Мухлис энди кириши бошласа, энди футболдан совутилар яна! Олга далбаëбизм
+1   
28 apr 19:17:56
Akmal
Динамо ди 22 ракам уйинчиси Искирт га чора йукми
+1   
28 apr 18:53:35
JAMOLIDDIN1805
Nechta tur yoki nechta uyingacha ushbu sektorlarga muxlislar kirishi taqiqlanadi, shularni ham batafsil yozmabsizlar
+1   
28 apr 18:45:46
ابدال راحمان
Хамма қилган иши учун узи жавоб бергани яхши, масалан Андижон уй учрашувида стадионга турли хил буюм (тош) отган инсонларни маъмурий жаримага тортиб, 15 сутка қамоқ жазоси ва йиллик охиригача стадионга кириш таъқиқи қуйилса мақсадга мувофиқ бвлар эди. Бир-икки калласи йуқ ахмоқ инсонлар деб қолганлар жабр куриши ва футбол клуб хам жарима тулаши бу адолатсизликдир!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика