O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron va BAAga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
05 okt 2020 13:10
Yangiliklar


O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron va BAAga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi Milliy jamoamiz kecha "Bunyodkor" akademiyasi maydonida mashg'ulot o'tkazdi.
Bugun "SHabab Al Ahli" yarimhimoyachisi Aziz G'aniev, yig'inga chaqiruv olgan "Paxtakor" azolari va boshqa futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi.
"Nasaf" klubi vakillari Oybek Bozorov hamda Xusniddin Aliqulov klub mashg'ulotlarida olgan jarohati sabab ushbu yig'inga kela olmasligi malum bo'ldi.
Rejaga ko'ra Milliy terma jamoamiz bugundan to'liq tarkibda mashg'ulotlarni davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar