So’nggi yangiliklar

16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  0 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12

O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Olmaliqqa ko'chirsak bo'lmaydimi? Yangiliklar

O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Olmaliqqa ko'chirsak bo'lmaydimi?

Xabaringiz bor, 5 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida KXDRga qarshi o'ynaydi.

OFK kuni kecha mazkur bahs "Bunyodkor" stadionida o'tishi haqida elon qildi. Biroq "Bunyodkor" stadionida o'tayotgan oxirgi uchrashuvlardan ko'rinib turibdiki maydon bunchalik ko'p o'yinlarga dosh bera olmayapti. SHaxsan o'zim ikkinchi davra boshidan buyon "Bunyodkor" stadionidagi uchala o'yinga ham borib rasm oldim. To'g'risi maydonga ham, futbolchilarga ham rahmim keldi.

5 sentyabrga qadar bu stadionda yana ikkita o'yin bo'lib o'tar ekan:
23 avgust "Lokomotiv" - "Qizilqum"
25 avgust "Bunyodkor" - OKMK

Kuni kecha o'tgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvida mehmonlar yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov aynan maydon tufayli jarohat olganini ko'pchilik eshitdi.

Stadion xodimlari har qancha zo'r ishlashmasin har haftada ikkitadan o'yin bo'laversa dunyodagi deyarli hech bir tabiiy maydon bunga dosh bera olmaydi. SHunday ekan, KXDRga qarshi sentyabr oyidagi bahsni Olmaliq shahridagi OKMK stadioniga ko'chirsak nima bo'ladi?

Jahon chempionati saralashining bu bosqichida har bir ochko va har bir gol juda ham katta ahamiyatga ega ekanini o'zbekistonlik futbol muxlislari yaxshi bilishadi. SHu bois, KXDR bilan o'yinni ideal maydonda o'tkazib, saralash bosqichini 3 ochko bilan boshlash shart. Futbolchilarimiz ham raqib, ham maydon bilan kurashmasliklari kerak.

Xo'sh, stadionni o'yinga qancha vaqt qolganida o'zgartirish mumkin? Aslida O'FA 1 oy oldin OFKga stadionni taqdim etishi kerak. Lekin fors-major holati bo'lsa o'yinga oz qolganida ham stadionni o'zgartirsa bo'lar ekan. Yani hali vaqtimiz bor ekan.

O'ylab ko'rish uchun ham vaqtimiz bor. 


Jahongir Fayzullaev


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика