So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  15 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

O'zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Xabaringiz bor, O'zbekiston kubogi-2018 final uchrashuvida AGMK va "Paxtakor" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o'yini 28 oktyabr kuni Farg'ona shahridagi muhtasham – "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi.

Finaldan bir kun avval har ikki jamoa ustozlari hamda bir nafardan etakchi futbolchilari ishtirokida o'yin oldi matbuot anjumani tashkil etiladi. O'zbekiston Professional Futbol Ligasida akkreditaciyadan o'tgan barcha turdagi OAV vakillari mazkur uchrashuv oldi tadbirlari, o'yin va uning atrofidagi barcha voqeliklarni bevosita voqea joyidan yoritishlari mumkin bo'ladi. Buning uchun PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz)ga har bir nashr finalga boradigan jurnalistlari ro'yxatini taqdim etishi lozim.

AGMK jamoasi 27 oktyabr kuni soat 16:00da "Istiqlol" stadionida o'yin oldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi. Soat 16:45da "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi SHota Arveladze hamda "sherlar"ning bir nafar futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Soat 17:00dan boshlab esa "Paxtakor" rasmiy mashg'ulot o'tkazadi va uning ham 15 daqiqasi ochiq tarzda o'tadi. Soat 17:15da AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov va jamoa futbolchisi ishtirokida o'yin oldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Mazkur o'yinni yuqori saviyada tashkil etishga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. O'yin kuni uchrashuv boshlanishi oldidan stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun katta koncert dasturi tashkil etiladi.

Barchani final bahsiga taklif etamiz!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика